sentabr oyi oxirida “Ipak yo‘li durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, tanlov uchun 60 ta davlatdan to‘liq va qisqa metrajli filmlar yo‘nalishi bo‘yicha 400 dan ortiq film yuborilgan. Xalqaro hakamlar hay’ati ularning eng yaxshilarini aniqlaydi.

Festival doirasida ilk bor Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti (TURKSOY) mamlakatlari animatsion filmlariga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, kino ishlab chiqaruvchilarining xalqaro forumi rejalashtirilgan bo‘lib, unda kino sanoatini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, O‘zbekiston yosh kinoijodkorlari loyihalari pitching (taqdimoti) bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturidan hind aktyori Raj Kapur tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbir, fransuz aktyori Alen Delon filmlarining retrospektivi, xorijlik rejissyor va aktyorlar: Majid Majidi, Avtandil Maxaradze va Khemu Malinining mahorat darslari ham o‘rin olgan.

“Jahon kino yulduzlari bilan muzokaralar davom etmoqda”, — deyiladi tashkilotchilar bayonotida.