O‘zbekistonda bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuziladi. Bu haqda 11-sentabr kuni prezident soha mutasaddilari bilan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Ijtimoiy himoya agentligi direktori unga o‘rinbosar bo‘ladi, viloyat va tuman komissiyalariga esa hokimlar boshchilik qiladi.

kambag‘allik, kambag‘allik komissiyaси, kambag‘allikni qisqartirish, prezident

Prezident so‘zlariga ko‘ra, komissiya har bir viloyatda bittadan tumandagi ishlarni haftalik muhokama qilib, biriktirilgan rahbarlar faoliyatiga baho beradi. Joylarda ko‘tarilgan masalalarni zudlik bilan hal qilib boradi hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha rejalar ijrosi yuzasidan har oyda davlat rahbariga axborot kiritadi.

Shuningdek, 9 ta iqtisodiy tadqiqot markazi va oliygohi ham ilmiy yondashuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanishi belgilandi.

kambag‘allik, kambag‘allik komissiyaси, kambag‘allikni qisqartirish, prezident

Shavkat Mirziyoyev “bundan buyon hukumatdan tortib tuman tashkilotigacha barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambag‘allik sharoitidan olib chiqish bo‘lishi kerak“ligini ko‘rsatib o‘tdi. Mutasaddilar bu borada nazorat ham, so‘rov ham qattiq bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, bosh prokurorning sohaga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul alohida o‘rinbosari tayinlandi. U har hafta kamida bitta tumanga borib, kambag‘al oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini o‘rganishi, kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qilishi kerak.