Siyosat

dayjest

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi Toyvo Klaar ish boshladi

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Toyvo Klaar o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Uni mamlakat tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qutladi. So‘nggi yetti yilda u Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziyadagi inqiroz bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlagan.


Iqtisodiyot

dayjest

Kambag‘allikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib bo‘lmaydi — prezident

Kambag‘al oilalarning ishga layoqatli a’zolarida bilim va ko‘nikma kam, bola parvarishi tufayli esa ayollarning 43 foizi ishga bora olmaydi. Prezident kambag‘allikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib bo‘lmasligini aytdi va muammo sababi har xil ekan, yechimlari ham alohida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.


dayjest

Izzat Shukurov Yandex Uzbekistan rahbari etib tayinlandi

Izzat Shukurov Yandex Uzbekistan rahbari bo‘ldi. U bungacha Payze`ning Markaziy Osiyo mintaqasiga rahbarlik qilgan va Newmax Technologies kompaniyasi direktori bo‘lgan.


dayjest

“Xottabich” muzqaymoqlarida ortiqcha shakar va bakteriyalar aniqlandi — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi qadoqlarida shakar yo‘qligi ko‘rsatilgan “Xottabich” muzqaymoqlarini sinovdan o‘tkazdi. Mahsulotning ba’zi turlarida ortiqcha saxaroza va ichak tayoqchasi bakteriyalari topildi.


dayjest

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi va bu borada “juda katta” “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotganini aytdi. Jamshid Qo‘chqorovning tizimi oilalarni kambag‘allikdan olib chiqishga mas’ul etib belgilandi.


Jamiyat

dayjest

“„Oltin“ yelkadagi tog‘ni ag‘daradi. Menda shu tog‘ qolib ketdi”. Parij Paralimpiadasi sovrindori Guljanoy Naimova hikoyasi

Uning taekvondochi bo‘lishiga oilasi qarshi edi. Akalari: “Senga to‘g‘ri kelmaydi”, deb uni avaylamoqchi bo‘lgan. Chunki u chap qo‘l pleksiti bilan dunyoga kelgan. Ammo u o‘z bilganidan qolmadi va yakunda ikki karra Paralimpiya sovrindoriga aylandi. “Iroda” loyihasida — parataekvondochi Guljanoy Naimova hikoyasi.


dayjest

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 32 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U 2 yil davomida fuqarolarning umumiy hisobda 60 ming dollar miqdoridagi pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.


dayjest

Haydovchisi 363 marta qoida buzgan va 240 mln so‘m qarz bo‘lgan Spark auksionda sotiladi

Toshkent shahrida Spark haydovchisi 363 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan va uning jarima summasi 240 mln so‘mdan oshib ketgan. MIB avtomobilni sotishga urinish chog‘ida xatlovga oldi. U qarz qoplanishi uchun auksion savdolariga chiqariladi.


dayjest

O‘zbekistondagi maktab va universitetlarda ishlash uchun AQShdan yana 20 nafar o‘qituvchi keldi

Amerikalik 20 nafar o‘qituvchi O‘zbekistonga 10 ta hududdagi maktab va universitetda ingliz tilidan dars berish uchun keldi. Mamlakatda 2019-yildan buyon 98 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda ishlamoqda.


dayjest

Prezident davlat tibbiy sug‘urtasini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyevning davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Tizim 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish rejalashtirilayotgandi.


dayjest

“O‘qimagan millat kuchli bo‘lmaydi”. Qozoqboy Yo‘ldoshevning shaxsiy kutubxonasidan reportaj

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi “Kutubxona” loyihasini davom ettiradi. Bu galgi mehmon — adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev. “Millatning hozirgi ahvoliga kutubxonalar kerak emas, degan o‘y bor. Lekin… o‘qimagan millat kuchli bo‘lmaydi”, deydi u.


dayjest

Termiz shahri va tumanidagi gaz “zapravka"larga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmadagi nosozlik sabab ekani ma’lum qilindi.


dayjest

“Boysundagi konni jilovlash ishlari yaqin kunlarda amalga oshiriladi” — FVV vakili

FVV vakili Samandar Hikmatullayev Boysundagi vodorod sulfid chiqqan “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konini jilovlash ishlari yaqin kunlarda amalga oshirilishini bildirdi. U gazdan ommaviy zaharlanish holatlari yo‘qligi, ammo odamlar orasida yengil zaharlanish holatlari uchrayotganini tan oldi.


dayjest

2024-yilning 7 oyida salkam 765 mingta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgan

Bosh prokuratura yanvar-iyul oylarida 764 723 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilganini ma’lum qildi. Shuningdek, ish haqi va nafaqa pullari bo‘yicha 4,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlanib, 52 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

Shahrisabz aeroporti 20 yildan so‘ng qayta ish boshladi

2003-yilda yopilgan Shahrisabz mahalliy aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi. Toshkentdan L410 rusumli samolyotdagi ilk parvoz 1 soat 30 daqiqada yetib bordi. Aerodrom hozirda to‘rt turdagi samolyot va barcha turdagi vertolyotlarni sig‘dira oladi.


dayjest

O‘zbekistondagi 14 ming rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktiriladi

Rahbarlar kambag‘al oilalar xonadoniga kirib, sharoitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsagina natija bo‘ladi, dedi prezident. Endi viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktirilishi ma’lum qilindi.


dayjest

Quyosh paneli o‘rnatishga majburlashni mutlaqo yoqlamaymiz — Energovazirlik

Energovazirlik tadbirkorlar quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani, bu ishni qilmaganlar esa elektrdan uzish bilan qo‘rqitilayotgani haqidagi xabarlarga javoban “quyosh paneli o‘rnatishga majburlash yo‘q"ligini aytdi. O‘zLiDeP esa holatlar tasdiqlansa, vazirlik va idoralarga deputatlik so‘rovlari yubormoqchi.


dayjest

Toshkent masjidlaridagi 18 nafar imom va noib ishdan olindi

Yil boshidan beri Toshkent shahri masjidlaridagi faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, mehnat majburiyatlarini yetarli darajada bajarmagan 8 nafar imom-xatib va 10 nafar imom noibi vazifasidan ozod etildi. Yana 4 nafar imom va noibga hayfsan qo‘llandi.


dayjest

OTMlarga kirishda “budjet” ballining 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi

Endi kambag‘al oilalarda kamida 1 nafar oliy ma’lumotli kishi bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi. Buning uchun, xususan, OTMlarga kirishda grant ballining 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80 foizdan balandlar esa foizsiz ta’lim krediti oladi.


dayjest

Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuziladi

O‘zbekistonda bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuziladi. U tumanlardagi rahbarlar faoliyatiga baho beradi va har oy prezidentga axborot kiritadi. Komissiyaning viloyat va tuman bo‘limlariga hokimlar boshchilik qiladi.


dayjest

Boysun gaz konidagi avariyaga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin?

Surxondaryodagi “M-25” gaz koni qudug‘idagi avariya oldidan xizmatlardan ko‘rsatmalar bo‘lgan va burg‘ilash eritmasida gaz topilgan, deb xabar berdi vaziyatdan xabardor bo‘lgan “Gazeta.uz” manbasi. Neft-gaz sohasidagi yana bir manbaning aytishicha, hodisada faqat ishchilarni aybdor qilish kerak emas.


Madaniyat

dayjest

Navbatdagi Toshkent xalqaro kinofestivali sentabr oxirida bo‘lib o‘tadi

Sentabr oyida “Ipak yo‘li durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Raj Kapur yubileyiga bag‘ishlangan tadbir, Alen Delon filmlarining retrospektivi hamda xorijiy rejissyor va aktyorlarning mahorat darslari o‘rin olgan.


Sport

dayjest

Sadir Japarov qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiyga avtomobil sovg‘a qildi

Sadir Japarov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanovga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi. Avvalroq u “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlangandi.


Jahon

dayjest

Avstraliyada bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlash rejalashtirilmoqda

Avstraliya hukumati bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun tayyorlayotganini ma’lum qildi. Minimal yosh chegarasi hali aniqlanmagan, ammo bu 14−16 yosh bo‘lishi mumkin.


dayjest

Kamala Harris va Donald Tramp debatda nimalar dedi? Asosiy ma’lumotlar

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp debatda Kamala Harrisni Baydenning iqtisodiy dasturini ko‘chirganlikda aybladi, shuningdek, uni “marksist” deya atadi. Harris esa Tramp haqida “sharmanda” so‘zini qo‘llab, dunyo yetakchilari uning ustidan kulayotganini aytdi. Nomzodlar Ukrainadagi urushga ham to‘xtaldi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!