10-sentabr kuni Budapeshtda shaxmat bo‘yicha har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan yirik jamoaviy musobaqa — 45-shaxmat olimpiadasi boshlandi. Bu yil Vengriyaga 200 ga yaqin davlatdan 380 nafar erkak va ayollar jamoalari keldi.

Musobaqada O‘zbekiston erkaklar terma jamoasidan Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov, ayollar terma jamoasidan Afruza Hamdamova, Nilufar Yoqubboyeva, Umida Omonova, Marjona Malikova va Nodira Nodirjonova ishtirok etmoqda.

Erkaklar terma jamoasi murabbiyi rossiyalik Vladimir Kramnik — sobiq jahon chempioni, shaxmatning XXI asrdagi timsollaridan biri, ayollar jamoasiga esa shaxmat olimpiadasida uch marta g‘olib chiqqan rossiyalik grossmeyster Aleksey Dreyev murabbiylik qiladi.

“Gazeta.uz” avvalroq O‘zbekiston shaxmatchilari va ularning raqiblarining ushbu turnirdagi imkoniyatlarini tahlil qilgan edi.

shaxmat, shaxmat olimpiadasi

Erkaklar terma jamoasi vakillari birinchi davrada Trinidad va Tobagodan kelgan raqiblarini 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov va Shamsiddin Vohidov raqiblarini muammosiz yengdi, lekin Jahongir Vohidov va ayniqsa Nodirbek Yoqubboyevda, reytinglardagi katta farqqa qaramay, muammolar yuzaga keldi (O‘zbekistonning o‘rtacha reytingi 2690 va bu jadvalda 4-o‘rin, Trinidad va Tobagoda esa 2222 va 95-o‘rin).

Foto: UzChess / Telegram.

Yoqubboyev partiyaning yarmini mag‘lub holatda o‘tkazdi, biroq raqib g‘alabali variantni topa olmay, durangga rozi bo‘ldi (partiya).

Vohidovning o‘yini ham yomon tus oldi, biroq raqib xatoga yo‘l qo‘yib, o‘zbekistonlikka tashabbusni o‘z qo‘liga olish imkonini berdi (partiya).

shaxmat, shaxmat olimpiadasi

Ayollar terma jamoasi Gaitiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 4:0 (1, 2, 3, 4-partiyalar).

Foto: UzChess / Telegram.

Turnirda 381 ta jamoa ishtirok etmoqda, ulardan 197 tasi ochiq seksiyada, 184 tasi ayollar chempionatida.

Jamoalar har ikki seksiyada to‘rtta o‘yinchi + bitta o‘rinbosardan iborat. Musobaqa Shveysariya tizimi bo‘yicha 11 raundda o‘tkaziladi, vaqt nazorati 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, o‘yin tugashigacha 30 daqiqa qo‘shiladi, har bir yurish uchun birinchisidan boshlab +30 soniya.