Siyosat

dayjest

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi “Qorasuv” chegara posti 14 yildan so‘ng qayta ochildi (foto)

Andijon viloyatidagi Qirg‘iziston bilan chegaradosh “Qorasuv” chegara bojxona posti 14 yillik tanaffusdan so‘ng qayta ochildi. Postdan kuniga 12 mingdan ortiq odam o‘tib-qaytishi mumkin.


dayjest

Prokuror Sirojiddin Eshquvvatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasiga rahbar bo‘ldi

Andijon va Toshkent viloyatlari prokurori lavozimlarida ishlagan Sirojiddin Eshquvvatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari bo‘ldi.


dayjest

Prezident Turkiya TIV, IIV va razvedka xizmati rahbarlari bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi va ichki ishlar vazirlari, shuningdek, Milliy razvedka xizmati direktorini qabul qiladi. Bunday formatdagi uchrashuv birinchi marta o‘tkazilmoqda.


dayjest

Kambag‘allikni qisqartirish sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiluvchi bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. U kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga yetib borishini va topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi.


dayjest

Prezident Turkiya tashqi va ichki ishlar vazirlari hamda razvedka xizmati rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya TIV, IIV va razvedka xizmati rahbarlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi. Tomonlar siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.


Iqtisodiyot

dayjest

Yandex Uzbekistan xizmatlarni rivojlantirishga 33 mln dollardan ortiq sarmoya kiritmoqchi

Yil oxirigacha Yandex Uzbekistan Yandex Go xizmatlarini rivojlantirish va yangilarini ishga tushirish uchun 33 mln dollardan ortiq mablag‘ sarflamoqchi, dedi kompaniya rahbari. Sayohatlar, ovqat buyurtma qilish va 16 ta shaharga buyum hamda tovarlarni yetkazish bo‘yicha xizmatlar qamrovini oshirish reja qilinmoqda.


dayjest

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Qayd etilishicha, iqtisodiyotdagi yuqori talab hamda ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxida kuzatilgan o‘sish sur’atlari pul-kredit sharoitlari qat’iyligini joriy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda.


Jamiyat

dayjest

“Birorta attraksion ham, restoran ham bo‘lmaydi”. Toshkentdagi sobiq astronomiya bog‘i jamoatchilik parkiga aylantiriladi

7 yildan beri taqdiri hal bo‘lmay kelayotgan Toshkentdagi sobiq astronomiya bog‘ini 2025-yil oxirigacha Oxygen park nomli jamoatchilik parkiga aylantirish reja qilinmoqda. Atrofiga panjara-to‘siqlar o‘rnatilmaydigan park 24/7 ishlaydi, loyiha davlat budjetidan moliyalashtirilmaydi, dedi ekologiya vaziri.


dayjest

“Vagner” XHK safida xizmat qilgan o‘zbekistonlik yollanishda ayblandi. Tafsilotlar

O‘zbekiston fuqarosi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, Ukraina, Rossiya va Belarusda xizmat qildi. U “Artemovskni ozod qilganlik uchun” medalini oldi va Yevgeniy Prigojinning “adolat marshi"da qatnashdi. Toshkent sudi uning ozodligini 4 yilga chekladi.


dayjest

Besh yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi

Firibgarlikda ayblanib 5 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.


dayjest

Jizzaxda Nexia va Lacetti to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida quvib o‘tish qoidalarini buzib, teskari yo‘nalishga chiqib ketgan Nexia qarshisidan kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi.


dayjest

Farg‘onada sog‘lig‘i yomonlashgan Lacetti haydovchisi YTH sodir etdi va halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 61 yoshli haydovchi sog‘lig‘i yomonlashgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. U og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘ldi.


dayjest

Toshkentdagi restoranda 23 kishi zaharlandi, muassasa vaqtincha yopildi

Yunusobod tumanidagi Muhteshem Doner restoranida 23 kishi, dastlabki ma’lumotga ko‘ra, sousdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. SES ularning 13 nafariga uyga javob berilgani, qolgan 10 kishining ahvoli qoniqarli ekanini bildirdi. Restoran vaqtincha yopildi, Bosh prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda.


dayjest

Namanganda Qirg‘iziston bilan chegaradagi “Uchqo‘rg‘on” (“Kensay”) posti ochildi (foto)

Payshanba kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi ikkinchi chegara bojxona posti “Uchqo‘rg‘on” (qirg‘iz tomondan “Kensay”) ochildi. Mazkur nazorat-o‘tkazish punkti kuniga o‘rtacha 10 ming kishini, 500 dan ortiq yuk va 300 dan ortiq yengil avtomobilni o‘tkaza oladi.


dayjest

O‘zbekiston DXX va Turkiya milliy razvedkasi rahbarlari muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston DXX va Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbarlari terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.


dayjest

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 441 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirildi

Toshkent viloyatida Chirchiq daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 441 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bundan tashqari, jarayonda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydoni ham yo‘q qilingan.


dayjest

Suzish federatsiyasi mansabdorlari 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi

O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari tomonidan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu mablag‘larning 405 mln so‘miga federatsiya bosh kotibi oila a’zolari Turkiyaga dam olish uchun jo‘natilgani aniqlandi.


dayjest

Sirdaryoda bog‘chada nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgan bola bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Mirzaoboddagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgandi. Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, bolada tug‘ilganida aniqlangan kamqonlik kasalligini davolash choralari ko‘rilmagan. Holat bo‘yicha tibbiyot birlashmasi, shifokorlik punkti va bog‘cha mas’ullariga jinoyat ishi ochildi.


dayjest

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishi yopiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi

Mirobod tuman sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va yana 49 kishining ishini yopiq rejimga o‘tkazdi, biroq bir necha advokatlar va sudlanuvchilar bunga qarshi chiqdi. Sudya bunga sabab sifatida sudda “xizmat doirasidan foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar yangrashini” aytdi.


Madaniyat

dayjest

Toshkent xalqaro kinofestivali boshqa muddatga qoldirildi

15−19-sentabr kunlari o‘tishi reja qilingan Toshkent xalqaro kinofestivali keyinga qoldirildi. Tashkilotchilarga ko‘ra, bu O‘zbekistonda kuzda xalqaro tadbirlarning ko‘p bo‘lishi va ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish davom etayotgani bilan bog‘liq. Festivalning yangi sanalari noma’lum.


Sport

dayjest

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtda o‘tkazilayotgan shaxmat olimpiadasining birinchi bosqichida Trinidad va Tobago terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi, ammo ikki grossmeysterda muammoli pozitsiyalar kuzatildi. Ayollar jamoasi Gaiti vakillari bilan ishonchli tarzda kurash olib bordi.


dayjest

Prezident paralimpiyachilar va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida natijalarga erishgan sportchi hamda murabbiylardan bir guruhini orden va faxriy unvonlar bilan mukofotladi. Ro‘yxat.


dayjest

“Bu g‘alabaga haqli edik”. Katanets — Qirg‘izistonga qarshi o‘yin haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Qirg‘iziston ustidan haqli ravishda g‘alabaga erishilgani, shu bilan birga, futbolchilarning “ayrim xatolari” haqida gapirdi.


Jahon

dayjest

Tojikiston oliy muftiysiga hujum uyushtirildi

Oliy muftiy, 2010-yildan beri Tojikiston Ulamolar kengashiga raislik qilayotgan Saidmukarram Abdulqodirzodaga masjid yaqinida sanchib-kesuvchi tig‘ bilan zarba berildi. U yengil jarohat oldi, hujum uyushtirgan shaxs ushlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

Rossiyada migrantlarga oilalarini birga olib kelishni taqiqlashmoqchi

Rossiya Davlat dumasida mehnat muhojirlariga o‘z oilalarini mamlakatga olib kelishni taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlanmoqda. “Odam o‘zi ishlash uchun kelarkan, oila a’zolarini ham yetaklab kelishi mumkin emas”, — dedi duma spikeri Vyacheslav Volodin.


dayjest

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirish taqiqlandi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirish, shuningdek, davlat idoralari shtatlarini kengaytirishga ikki yillik moratoriy kiritdi. Qaror davlat budjetining “xarajatlarini optimallashtirish"ga qaratilgan.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!