Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat xizmatchilarining ish haqini oshirishga moratoriy kiritdi, deb yozadi 24.kg davlat rahbari farmoniga tayanib.

“Davlat idoralari, qo‘mitalar, prezidentning hududlardagi vakolatli vakilliklari, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining ish haqini oshirishga taqiq joriy etilmoqda”, — deyiladi farmonda.

Moratoriy 2026-yilgacha joriy qilindi. Farmon davlat budjetining “xarajatlarini optimallashtirish” uchun qabul qilindi.

Xuddi shu farmon bilan davlat organlarining shtatlarini kengaytirish ham taqiqlandi.

Hujjatda qayd etilishicha, davlat xizmatchilarining ish haqi va shtat tuzilmasi alohida hollarda prezidentning alohida qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin.

  • Qirg‘izistonda davlat xizmatchilarining maoshlari oxirgi marta 2022-yil avgustida oshirilgan edi. O‘shanda prezident ma’muriyati ushbu chora mansabdor shaxslarning ish sifatini oshirishi va korrupsiya xavfini kamaytirishi kerakligini ta’kidlagandi.
  • sentabr oyi boshida Japarov, shuningdek, ixtiyoriy asosda ishlaydigan barcha yordamchi va maslahatchilarni ishdan bo‘shatgan edi. “Qaror prezident ma’muriyatini isloh qilish va boshqaruv tizimini takomillashtirish doirasida qabul qilindi”, — deya ta’kidlagandi Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmati.