Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari va murabbiylarining bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida qaror imzoladi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Mukofotlar ularga “mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi alohida xizmatlari, Parij Paralimpiya o‘yinlarida o‘zining azmu shijoati va mahorati, mustahkam iroda va jasoratini namoyon etib, Vatan tarixida mislsiz natijalarga erishgani, Yangi O‘zbekistonning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shgani va boshqalar uchun” berildi.

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan

Yo‘ldashev Tolibboy Tojiboy o‘g‘li — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Qurbanova Nurxon G‘ulomjon qizi — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Ma’rufxo‘jayev Qudratilloxon Oxunjon o‘g‘li — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Mirzayorova Asila Ubaydulla qizi — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Odilov Yorqinbek Olimbek o‘g‘li — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Sultonov Elbek Ulash o‘g‘li — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Toshtemirov Asadbek Umar o‘g‘li — taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

Namozov Sherzod Nasimovich — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Omonov Bobirjon Zoirjon o‘g‘li — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Ibragimov Server Yusufovich — o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Isaqova Ziyodaxon Abdug‘affor qizi — taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Yigitaliyeva Shahinaxon Shokirjon qizi — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Naimova Guljonoy Abdullo qizi — taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Saliyev Doniyor Nurulla o‘g‘li — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Xakimova Kubaro Orifovna — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Xodjayeva Kumushxon Saydullo qizi — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

Amonov Mahmud Mirzoyevich — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Umirzoqov Fazliddin Abdulboqiyevich — pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Xodjamov Raxmonberdi Djumaboyevich — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Xudayberganov Sardor Kamilovich — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Yusupov Ibroximjon Abdumutal o‘g‘li — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Yakubov Yaxyobek Sobitaliyevich — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Norbekov Xusniddin Kilichboyevich — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Burxanova Safiya Kaimovna — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Kuziyeva Ro‘za Rashidovna — pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Tashxodjayev Muxtorxon Maxsudovich — O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi;

Abduxolikov Sardor Abduxolikovich — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Qo‘ziyev Bobur Sobirovich — taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Xaydarov Mavlonbek Muxtorovich — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi.

“Do‘stlik” ordeni bilan

Axmedov Farrux Xurshidovich — O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bosh kotibi;

Amilov Ravshanbek Kabildjanovich — suzish bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Dusumbetov Muratboy Shamuratovich — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Yefimova Natalya Alekseyevna — o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Ibragimova Alfiya Gilasdinovna — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Kamulya Grigoriy Georgiyevich — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Normatov Azizjon Muratovich — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi.

“Jasorat” medali bilan

G‘iyazov Temurbek Maxamadjon o‘g‘li — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Karomatov Davurxon Fozil o‘g‘li — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Quranbayev Uchqun Umirbekovich — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Odilova Muslima Ulug‘bek qizi — suzish bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Xamdamova Moxigul Kabayor qizi — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi.

“Shuhrat” medali bilan

Kazakova Galina Mixaylovna — yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Karamatov Fozil Avliyayevich — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi;

Abdiyev Turg‘un Ibrahimovich — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Agzamova Lola Saidabbasovna — O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi psixologi;

Amriyeva Uljon Qaxromon qizi — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Mamadaliyeva Shaxzoda Adxamjon qizi — kanoe bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Mamatxanov Muso Nusratullayevich — O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining paralimpiya sport turlarini rivojlantirish departamenti yetakchi mutaxassisi;

Mamedov Shoxruh Qo‘ysin o‘g‘li — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Turgunov Xusan Xalmatovich — O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining sport tibbiyoti bo‘limi massajchi-mutaxassisi;

Tursunova Nilufar Miralisherovna — O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining xalqaro aloqalar va marketing bo‘limi boshlig‘i;

Xasanov Umid Xasanovich — O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining sport tibbiyoti bo‘limi boshlig‘i;

Ergasheva Feruza Baxtiyorovna — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, Parijdagi Paralimpiada ham xuddi Olimpiada singari O‘zbekiston uchun tarixdagi eng muvaffaqiyatlisi bo‘lgandi — respublika 168 davlat orasida 13-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik sportchilar 26 ta medalni qo‘lga kiritdi, shundan 10 tasi oltin, 9 tasi kumush va 7 tasi bronza. O‘zbekistonning medal olgan paraatletlari ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.

9-sentabr kuni ularga musobaqa sovrindorlariga pul, mashina va uy ko‘rinishidagi “Prezident sovg‘alari” topshirilgandi.