Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 13-sentabr kuni avtobus yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar qildi.

Holat soat 19:30 larda Yorqo‘rg‘on ko‘chasidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida yuz bergan. Gaz to‘ldirayotgan Isuzu avtobusining dvigatel qismida yong‘in sodir bo‘lgan.

avtobusda yong‘in, qo‘qon, yong‘in

Vaziyat Qo‘qon shahri FVB tomonidan qisqa vaqt ichida bartaraf etildi, deyiladi xabarda.

Yong‘in oqibatida hech kim jarohatlanmadi.