12-sentabr kuni 1 nafar ota-ona qaramog‘isiz qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar qildi.

Agentlik hamda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlarining ko‘magi ostida Rossiya Federatsiyasidan Toshkentga olib kelingan bola buvisining qaramog‘iga topshirilgan.

Qayd etidishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan endilikda ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning o‘zlari va ularning oila a’zolariga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatib borish belgilangan.

Avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar bergandik.