Iqtisodiyot
O‘zbekistonda propanning birja narxlari ikki barobar oshdi. STG bozorida nima bo‘lyapti?
Apreldan buyon propan birja narxlari ikki baravar — tonnasi deyarli 9,3 mln so‘mgacha oshdi, bir litr yonilg‘i esa — 4500 dan 6000−7000 so‘mgacha. Raqobat qo‘mitasi kutilayotgan narx oshishi haqida Energovazirlikni xabardor qilgan. “Gazeta.uz” suyultirilgan tabiiy gaz narxining oshishi sabablarini tushunishga urindi.
Lacetti`dagi yong‘in tufayli UzAuto Motors va dilerga nisbatan ish ochildi
Raqobat qo‘mitasi UzAuto Motors va PSM-Avtosavdo dileriga qarshi ish qo‘zg‘atdi. Avvalroq Chevrolet Lacetti egasi avtomobil xarid qilinganidan 5 oy o‘tib, nosozlik tufayli yonib ketgani haqida xabar bergan. Ishlab chiqaruvchiga ushbu rusumdagi 38 ta mashinani qaytarib olish yuklatildi.
Markaziy bank yana bir to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi
Markaziy bank United Payment Solution to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi. Sababi u litsenziya olgan kundan boshlab bir yil davomida faoliyat yuritmagan.
O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
O‘zbekiston JSTga kirish doirasida 18 davlat bilan muzokaralarni yakunladi, ulardan 14 tasi bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzoladi. 12-sentabr kuni Braziliya va Shri-Lanka bilan protokol imzolangan bo‘lsa, 13-sentabr kuni Argentina bilan muzokaralar yakunlandi.
O‘zbekistonliklarning yonilg‘i va energoresurslar narxining oshishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi
O‘zbekiston aholisi va biznesining yonilg‘i hamda energoresurslar narxlari oshishidan xavotirlari kuchaydi. Markaziy bankning inflyatsion kutilmalar bo‘yicha so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, ular, shuningdek, kommunal xizmatlar narxining o‘sishi va valyuta kursining o‘zgarishini kutmoqda.
Avgustda o‘zbekistonliklar go‘sht, elektr, gaz, benzin, propan narxlari oshganini ko‘proq his qildi — MB so‘rovnomasi
Avgustda O‘zbekiston aholisiga sezilgan inflyatsiya 13,6 foizgacha o‘sdi, deb xabar berdi MB. Go‘sht va sut, benzin, metan va propan, neft narxlari keskin oshganini aytgan respondentlarning ulushi sezilarli darajada ortdi. Iyuldagi so‘rovnomada narxlar yuqorilashi bo‘yicha elektr va gaz birinchi o‘rinni egallagandi.
Jamiyat
Toshkent viloyatida yuk mashinasi ag‘darilib, to‘liq pachoqlandi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida boshqaruv yo‘qotilishi oqibatida MAN yuk mashinasi ag‘darildi va pachoqlanib ketdi. Haydovchiga birinchi yordam ko‘rsatildi, jarohatlanganlar yo‘q.
SSP Navoiy boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan navbatdagi sud 18-sentabrda o‘tadi
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud 18-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.
Samarqandda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi
Prezident qarori bilan, bu yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi. Qomusiy olim sharafiga qurilgan yodgorlik majmualari mukammal ta’mirlanadi, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qayta nashr qilinadi, Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik bola Toshkentga olib kelinib, buvisiga topshirildi. Bolaga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Yana 3 vazirlikning 107 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi
Transport, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari va ularning tizim tashkilotlarida 107 nafar boshqaruv xodimlari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi aniqlandi.
Andijonda darsga kech qolgan qizlarga jismoniy mashq qildirgan maktab xodimiga intizomiy chora qo‘llandi
Andijon shahridagi maktabda darsga kech qolgan qizlar jismoniy mashq qilishga majburlandi. O‘quvchilarni shu tarzda “jazolagan” maktabning mas’ul xodimiga intizomiy chora qo‘llandi.
Noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi
Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi. Bunda chegaraga daryo o‘zanlari, ularning sohilbo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (14−15-sentabr)
Oltita kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlari, Koreya madaniyatining “Chxusok 2024” festivali, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkalari, Rayhonning bepul konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, bolalar uchun mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Fotoreportaj: Toshkentda RE/Generation kreativ yoshlar festivali o‘tkazildi
Toshkentda 3−12-sentabr kunlari kreativ yoshlarning RE/Generation birinchi art-festivali o‘tkazildi. 6000 kvadrat metrdan ziyod maydonda yuzlab san’at namunalari namoyish etildi. “Gazeta.uz” ko‘rgazmadan fotoreportaj tayyorladi.
Toshkentdagi ayrim ko‘chalar futzal bo‘yicha JCH sababli vaqti-vaqti bilan yopiladi
Futzal bo‘yicha FIFA-2024 jahon chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan Humo Arena yonidagi ko‘chalarda transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.
Toshkentdagi tashqi reklamalarda bukmekerlik tovar belgisini namoyish qilgan agentlikka chora ko‘rildi
Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida tashqi reklama konstruksiyalari orqali bukmekerlik tovar belgisi ko‘rsatilgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi reklamani joylashtirgan agentlikka nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston havo hududi himoyasi bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston HHK havo hududini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida havo mudofaasi vositalaridan birgalikda foydalanish, shuningdek, jangovar ekipajlarning qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘mondonlik va boshqaruv punktlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqdi.
Madaniyat
O‘zbekcha YouTube — 2024-yil avgustida: O‘zbekistonning Parijdagi iftixorlari, “Ular” qaytdi
“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Avgust oyidagi yangi loyihalar paydo bo‘ldi, to‘xtab qolgan loyihalar qayta ishlay boshladi, Olimpiadachilar esa asosiy qahramonlar bo‘ldi.
Sport
O‘zbekiston Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida medallar jamg‘armasi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston terma jamoasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida medallar hisobi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Jamoa 11 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza — jami 34 ta medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchilar Olimpiadaning ikkinchi turida g‘alaba qozondi
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi Olimpiadaning ikkinchi turida Misr terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Ayollar terma jamoasi Angola vakillarini mag‘lub etdi.
“Kelgusi Paralimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi” — prezident
Prezident Parij paralimpiadasi sovrindorlari bilan uchrashuvda 2028-yilgi o‘yinlarga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerakligini aytdi. “Kelgusi Paralimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi”, — dedi u.
Jahon
SpaceX tarixda ilk bor oddiy odamlarni koinotga uchirdi
SpaceX’ning Crew Dragon kemasi ekipajining ikki a’zosi ochiq koinotga chiqdi — tarixda ilk bor bu ishni professional bo‘lmagan astronavtlar tijorat missiyasi doirasida amalga oshirdi.
Donald Tramp Kamala Harris bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp demokratlardan raqibi Kamala Harris bilan bo‘lgan debatda g‘olib chiqqanini aytib, u bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi. “Harris o‘tgan 4 yilda qilishi kerak bo‘lgan ishlarga e’tibor qaratishi kerak”, degan Tramp “Uchinchi debat bo‘lmaydi!” — deb ta’kidladi.
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
Daniyaning Bavarian Nordic A/S kompaniyasining MVA-BN vaksinasi dastlabki kvalifikatsiyadan o‘tdi va maymunchechakka qarshi birinchi dori bo‘ldi, deb xabar qildi JSST.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!