8−13-sentabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilgan V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining medallar jamg‘armasida O‘zbekiston terma jamoasi to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik sportchilar 11 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza — jami 34 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rinni 19 oltin, 21 kumush va 25 bronza (64) bilan Qirg‘iziston terma jamoasi, uchinchi o‘rinni 12 ta oltin, 10 ta kumush va 25 ta bronza (47) medal bilan Rossiya egalladi. Birinchi o‘rin esa 114 ta medal: 43 ta oltin, 34 ta kumush va 37 ta bronza bilan Qozog‘iston terma jamoasiga nasib etdi.

Kuchli beshlikdan Turkiya (6) ham joy oldi.

Turnirda 89 davlatdan 2500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Ular sportning 21 turi bo‘yicha bellashdi. O‘yinlarning ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgandi.