Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, avgust oyida aholi tomonidan sezilgan (shaxsiy) inflyatsiya darajasi 13,6 foizgacha oshdi (+1,2 foiz punkti). Bu rasmiy yillik inflyatsiya darajasidan (10,47 foiz) yuqori.

Regulyator xabarida respondentlarning iyul-avgust oylarida qaysi tovar va xizmatlar eng ko‘p qimmatlashgani haqidagi javoblari keltirilgan.

inflyatsiya, markaziy bank, sezilgan inflyatsiya

Yozning so‘nggi oyida respondentlarning ulushi sezilarli darajada oshdi (39 dan 57 foizgacha), ular go‘sht va sut, benzin, metan va propan narxi — 29 dan 34 foizgacha, o‘simlik yog‘iniki — 13 dan 24 foizgacha keskin oshgani haqida xabar berdi.

Iyulda respondentlar elektr energiyasi va gaz narxlarining o‘sishini birinchi o‘ringa qo‘ygandi — avgust oyida ularning ulushi 39 foizgacha tushdi.

inflyatsiya, markaziy bank, sezilgan inflyatsiya

Hududlar kesimida o‘tgan oyda inflyatsiyaning sezilgan darajasi Toshkent viloyatida eng yuqori bo‘ldi — 15,4 foiz (iyulda — 11,5 foiz edi), shuningdek, Buxoroda — 14,9 foiz (13,3 foiz), Samarqandda — 14,4 foiz (12,6 foiz), Sirdaryoda — 14,3 foiz (12,6 foiz) va Toshkent shahrida — 14,1 foiz (14,7 foiz).

Narxlarning eng kam o‘sishi Navoiy (11,6 foiz, iyulda 10,8 foiz) va Farg‘ona viloyatlari aholisiga (11,4 foiz) sezildi.

inflyatsiya, markaziy bank, sezilgan inflyatsiya

Daromadlari oyiga 15 million so‘mdan yuqori bo‘lgan rezidentlar uchun inflyatsiya darajasi 14,4 foizdan 13,7 foizgacha pasaygan, daromadi 10−15 million so‘m bo‘lgan rezidentlar uchun esa 14,2 foizdan 14,8 foizgacha oshgan. So‘mlik daromadi 7−10 million so‘m bo‘lgan respondentlar orasida bu ko‘rsatkich 13,1 foizdan 14,2 foizga o‘sgan. Daromadlari 2−3 million so‘m bo‘lgan aholi inflyatsiyani 13,8 foiz (12,3 foiz), daromadsizlar esa 13,4 foiz (11,8 foiz) darajasida boshdan kechirdi.

Rasmiy e’lon qilingan inflyatsiya darajasi ko‘p sonli uy xo‘jaliklarining talabidan kelib chiqib, iste’mol narxlari indeksi savatidagi barcha tovar va xizmatlarning umumiy narxlar darajasidagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Shaxsiy (sezilgan) inflyatsiya jismoniy shaxs yoki oilaning kundalik hayotida iste’mol qilinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishi asosida shakllanadi. Agar muntazam ravishda sotib olinadigan buyumning narxi ko‘tarilsa, u kamdan-kam hollarda sotib olinadigan buyumning narxi ko‘tarilgandagiga qaraganda narx oshishi hissini ko‘proq yaratadi (batafsil).