3−12-sentabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston kreativ yoshlarining RE/Generation birinchi art-festivali o‘tkazildi. Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoatchilik fondi va Sen Yolg‘iz Emassan jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmadan “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf fotoreportaj tayyorladi.

Karimov fondining ma’lum qilishicha, ko‘rgazma 6000 kvadrat metrdan ziyod maydonni egallagan Axelon karting klubida tashkil etildi. Unda 300 dan ortiq tasviriy polotno, 50 ta grafika durdonasi, 200 ta foto san’ati namunalari, o‘nlab installyatsiya, performanslar va Digital art usulidagi loyihalar namoyish qilindi.

Ta’kidlanishicha, RE/Generation — o‘zbekistonlik iqtidorli ijodkorlarning yangi avlodini tanitishga qaratilgan san’at yo‘nalishidagi yirik voqea. Ko‘rgazma turli san’at yo‘nalishi vakillarini birlashtirgan: rassomlar, fotograflar, shoirlar, musiqachi va hunarmandlar bir davrada jamlangan.

“Bularning bari tashrif buyuruvchilarga taassurotlarning rang-barang palitrasini tuhfa etishi aniq. Festival doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab 60 dan ziyod kreativ yoshlarning ishlari ko‘rgazmaga qo‘yildi. Shuningdek, san’atshunoslar va tashkilotchilarning ma’ruza hamda ilmiy bahslari, taniqli rassomlarning mahorat darslari, musiqiy jamoalarning chiqishlari uyushtirildi”, — deyiladi fond axborotida.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Sen Yolg‘iz Emassan jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi Lola Tillyayeva ishtirok etib, nutq so‘zladi.

“Azaldan bu zamin ming yillar mobaynida navbatma-navbat taraqqiyot cho‘qqilarini egallagan tamaddunlar markazi bo‘lib kelgan. Ko‘zni quvnatuvchi xonatlasdan tikilgan ko‘ylaklar, betakror do‘ppilar — bularning bari biz ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylayotgan va avloddan avlodga omonat o‘laroq o‘tkazayotgan boy tarixiy merosimiz namunalaridir. Zamonaviy san’atning qanchalik muhimligi haqida so‘z borar ekan, o‘z davrining buyuk rassomlari Van Gog yoki Rembrandtni yodga olish mumkin. Ular ham o‘sha davrda zamonaviy san’atni tamsil etgan edi. Darhaqiqat, aynan zamonaviy san’at jamiyatimizning ko‘zgusi sanaladi. Zero, biz ham unda aks etamiz”, — dedi u.

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

Foto: Karimov fondi

Ko‘rgazma kuratori, taniqli rassom Bobur Ismoilovning aytishicha, ushbu loyiha O‘zbekistonda tasviriy san’at ravnaqiga kuchli turtki beradi.

“Ko‘rgazmaning nomiyoq uning teran g‘oyasini ifodalaydi: qayta tug‘ilish, yangilanish, dunyoni yangidan idrok etish. Bu — mamlakatda san’atning qayta tug‘ilishi va yangilanishidek ulug‘vor, ezgu niyatlarning amaldagi ifodasi. RE/Generation Nukusdan Farg‘ona vodiysiga qadar, Samarqanddan Buxoroyu Toshkentga qadar — O‘zbekistonning turli burchaklarida ijod qilib kelayotgan yosh iqtidor egalari boshini qovushtirayotgan ilk ko‘rgazmadir”, — deya ta’kidladi u.

Foto

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation

каримов fondi, ko‘rgazma, re/generation