10−14-sentabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy-havo kuchlari harbiy xizmatchilari va havo hujumidan mudofaa mutaxassislari ishtirokida “Ashiq aspan” (“Ochiq osmon”) xalqaro tezkor-taktik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Mashg‘ulotlar do‘st davlatlarning harbiy qo‘mondonlik va boshqaruv organlarining hamjihatligini oshirish, havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari va vositalaridan birgalikda foydalanish masalalarini ishlab chiqish, harbiy xizmatchilarning alohida jangovar vazifalarni bajarishda harbiy qismlarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan, deyiladi xabarda.

Mashg‘ulotlarda front chizig‘idagi vertolyotlar, armiya va harbiy transport samolyotlari, shuningdek, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining kuch va vositalari ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar davomida havo kuchlari uchuvchilari Qirg‘iziston va Tojikiston havo kengliklarida parvoz qilmoqda.

Mashg‘ulotlar Qozog‘iston Qurolli kuchlari havo mudofaasi kuchlari bosh qo‘mondoni Dauren Kosanov boshchiligida o‘tkazilmoqda.

“Biz bunday mashg‘ulotlarni muntazam ravishda o‘tkazib turamiz. Ular do‘st mamlakatlar harbiy xizmatchilariga havo hujumidan mudofaa bo‘yicha qo‘shma vazifalarni bajarish, jangovar ekipajlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy tajriba orttirish, shuningdek, mamlakatlarimiz mudofaa qobiliyatini oshirish imkonini beradi”, — dedi u.

Mashg‘ulotlarning o‘ziga xos jihati davlat chegarasi yoki havo hududidan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda havo hujumidan mudofaa kuchlari jangovar ekipajlarining qo‘shni davlatlar (Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston) qo‘mondonlik punktlari va boshqaruv punktlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqish bo‘ldi.

Bundan tashqari, “Ashik aspan” qo‘shma mashg‘ulotlari doirasida MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa qo‘shma tizimi doirasida qo‘shinlar dushman havo hujumlarini qaytarish bo‘yicha o‘qitilmoqda.

Foto

mudofaa vazirligi, қозоғистон, harbiy машғuлот, harbiy-havo kuchlarimudofaa vazirligi, қозоғистон, harbiy машғuлот, harbiy-havo kuchlarimudofaa vazirligi, қозоғистон, harbiy машғuлот, harbiy-havo kuchlarimudofaa vazirligi, қозоғистон, harbiy машғuлот, harbiy-havo kuchlari