12-sentabr kuni Toshkentda Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy ishlab chiqaruvchisi va distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan Chery`ning uzoq kutilgan 2024-yil yangiligi: yangi Tiggo 8 Pro Max, Tiggo 7 Pro va Arrizo 6 Pro taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Avtomobillar iste’molchilarning barcha zamonaviy talablari va xohish-istaklarini hisobga olgan holda yaratilgan bo‘lib, o‘ziga xos uslub, qulaylik va yuqori texnologiyalarning a’lo uyg‘unligini taklif qiladi.

Yangi Tiggo 8 Pro Max — o‘zida qudrat va hashamatni mujassam etgan texnologik yetti o‘rinli SUV (Sport Utility Vehicle). Avtomobil quvvati 245 ot kuchiga ega 2 litrli sport turbinali dvigatel, to‘liq yuritmali tizim va qulaylikning zamonaviy texnologiyalari (charmdan ishlangan salon, atmosferali yoritgich, manzarali lyuk, avtomobil salonidagi havoni tozalash va uning sifatini monitoring qilish tizimi va boshqalar), shuningdek, xavfsizlik tizimlari (moslashuvchan kruiz nazorati, yo‘l chizig‘ida ushlab turish tizimi, doira bo‘ylab ko‘rish kamerasi, ko‘r zonalarni monitoring qilish tizimi va boshqalar) bilan jihozlangan. Endi xavfsizlikning kompleks tizimi haydovchi uchun hatto tizza xavfsizlik yostig‘ini ham o‘z ichiga oladi.

chery, reklama

O‘zbekiston avtomobil bozorida yangi Chery yangilangan salon va navigatsiya, ovozli yordamchi va proyeksion displeyga ega o‘zbek tilidagi yangi bort interfeysi bilan taqdim etilgani mazkur avtomobildan foydalanishni yanada qulay va yoqimli qildi.

Sony`ning to‘qqizta dinamikli premium audio tizimi qo‘shiq shinavandalari uchun endi qudratli sabvufer bilan jihozlangan.

Old yo‘lovchi o‘rindig‘i turli dasturlarga ega uqalash funksiyalari va oyoqlar ushlab turishini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uzoq muddatli sayohatlar uchun optimal yechim hisoblanadi.

Ushbu oilaviy avtomobil uchinchi qatordagi yo‘lovchilarning qulayliklarini hisobga oladi: endi ular o‘zlarining ventilyatsiya tizimlarini alohida pult yordamida boshqarish imkoniyatiga ega.

Yangilangan yoritish texnikasi, yangi 19 dyuymli disklar va nur sochadigan yorqin Chery emblemasi o‘zining jozibali dizayni bilan barcha avtohavaskorlarning e’tiborini tortadi.

Chery Tiggo 7 o‘zining keng saloni va yuqori darajadagi jihozlanishi bilan O‘zbekistonda mashhurlik qozonib, Chery rusumining eng sevimli avtomobillaridan biriga va mamlakat bozorida ko‘p sotiladigan oilaviy krossoverlardan biriga aylandi.

chery, reklama

Yangi Tiggo 7 Pro shahar bo‘ylab va shahar tashqarisiga bo‘ladigan oilaviy safarlar uchun ajoyib hamroh bo‘ladi. U o‘z o‘tmishdoshini haqiqiy bestsellerga aylantirgan sifatlarni takomillashtirdi — jozibali dizayn va qulay keng salon. 2024-yilda Tiggo 7 Pro avtomobilning old va orqa qismlarining yangilangan dizayni, yangi yoritish texnikasi va radiator panjarasi tufayli yanada yorqin ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Chery muhandislari avtomobil intererini yangilashga katta kuch sarfladi. Endilikda qurilmalar paneli va multimedia tizimi ekranlari 12,3 dyuymli bo‘lgan ikkita ekranga ega zamonaviy planshetga birlashtirildi, elementlari esa foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Endi haydovchi o‘rindig‘i xotira funksiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, u o‘rindiq va orqa tomonni ko‘rish oynalari sozlamalarini eslab qolish imkonini beradi — atigi bir marotaba tugmani bosish bilan avtomobil sizga moslashadi. Bundan tashqari, Chery avtomobillari egalari uchun har bir sayohatni yanada qulay qiladigan atmosferali yoritgich, manzarali lyuk, doira bo‘ylab 360 darajali kamera va ikki hududli iqlim nazorati kabi odatiy funksiyalar mavjud bo‘lib qolmoqda.

Arrizo 6 Pro sedani allaqachon ko‘plab jo‘shqin sayohat muxlislarining e’tiborini tortdi va bozorda mashhur avtomobillardan biriga aylandi.

chery, reklama

Avtomobil old qismining yangi tajovuzkor dizayni tufayli 2024-yilning yangi avlodining sportcha xususiyati ta’kidlanmoqda. Arrizo 6 Pro 150 ot kuchiga ega qudratli turbo dvigatel bilan jihozlangan va barcha zamonaviy qulaylik va xavfsizlik funksiyalarini taklif qiladi.

Chery`ning yangi modellari zamonaviy avtomobillarda qulaylik, xavfsizlik va innovatsiyalarni qadrlaydiganlar uchun mukammal tanlov hisoblanadi. Ularning har birida — flagmanli Tiggo 8 Pro Max, yorqin Tiggo 7 Pro yoki sportcha shahar sedani Arrizo 6 Pro bo‘ladimi — har kim o‘ziga kerakli narsani topadi. Sayohatni sevuvchi oilalar kenglik va qulaylikni alohida baholaydi, jo‘shqin hayotga intiluvchi faol shaharliklar esa ushbu modellarda betakror yo‘ldoshni topadi.

Taqdimot faqat shuni tasdiqlamoqda: Chery ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va mijozlarning qulayligi birinchi o‘rinda turadigan avtomobillarni yaratish orqali oldinga dadil bormoqda.

Yangi Chery avtomobillarining sentabr oyidagi narxlari:

  1. Yangi Arrizo 6 Pro 2024:
    • Comfort — 249 900 000 so‘m;
    • Intelligence — 279 900 000 so‘m.
  2. Yangi Tiggo 7 Pro 2024:
    • Luxury — 306 900 000 so‘m;
    • Premium — 339 900 000 so‘m.
  3. Yangi Tiggo 8 Pro Max 2024 — 470 900 000 so‘m.

O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan birinchi avtomobil zavodlaridan biri — ADM Jizzakh zavodida yig‘ilayotgan Chery avtomobillarining tavsiflari, mavjud komplektatsiyalari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-boti: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.