O‘zbekistonlik shaxmat ustalari 13-sentabr kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda o‘tkazilayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining uchinchi bosqichida g‘alaba qozondi.

Erkaklar terma jamoasi vakillari birinchi davrada Trinidad va Tobago vakillarini 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi. Xuddi shunday hisob ikkinchi davrada Misr terma jamoasiga qarshi o‘yinda qayd etildi.

Foto: Uzchess/Telegram

Uchinchi bosqichda O‘zbekiston terma jamoasi (o‘rtacha reytingi — 2690, 4-o‘rin) Xorvatiya termasidan (2572 va 27-o‘rin) 3,5:0,5 hisobida o‘zib ketdi.

Nodirbek Abdusattorov Ante Brkichni (o‘yin), Javohir Sindarov Leon Livaikni osonlikcha mag‘lub etdi, Shamsiddin Vohidov esa so‘nggi o‘yinda Kojula Zdenkoni ortda qoldirdi Nodirbek Yakkuboyev Sasha Martinovich bilan tenglashib oldi.

Foto: Uzchess/Telegram

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi (2176, 34-o‘rin) musobaqa mezboni Vengriya (2320, 14-o‘rin) ustidan qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi — 2,5:1,5.

Marjona Malikova Petra Papp bilan durang o‘ynadi, Umida Omonova Julianna Terbeni, Nilufar Yoqubboyeva esa Xoang Tan Trangga imkoniyatni boy berdi. Uch o‘yindan keyin hisob 1,5:1,5 ga teng bo‘ldi.

Uchrashuv natijasini 14 yoshli Afruza Hamdamova va 17 yoshli Joka Gaalning o‘yini hal qildi. Bahsning birinchi bo‘limidan so‘ng vengriyalik shaxmatchi ustunlikka ega bo‘ldi, biroq o‘zbekistonlik shaxmatchi asta-sekin vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirdi va uning raqibi o‘tkazib yuborgan piyodalar hisobiga g‘alabani tortib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Uch kunlik o‘yin natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi uchinchi, ayollar jamoasi 8-o‘rinni egallab turibdi.

Foto: Uzchess/TelegramFoto: Uzchess/Telegram

To‘rtinchi turda erkaklar terma jamoasi ham uchta g‘alabaga erishgan Vetnam (2593, 21-o‘rin), ayollar terma jamoasi esa Bolgariya (2355, 12-o‘rin) bilan o‘ynaydi.

Olimpiada

10-sentabr kuni Budapeshtda shaxmat bo‘yicha har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan eng yirik jamoaviy musobaqa 45-shaxmat olimpiadasi boshlandi. Turnirda 381 ta jamoa ishtirok etmoqda, ulardan 197 ta jamoa ochiq seksiyada, 184 tasi ayollar chempionatida.

Jamoalar har ikki bo‘limda to‘rt nafar o‘yinchi + bitta zaxira o‘yinchisi bilan birga ishtirok etadi. Musobaqa Shveysariya tizimi bo‘yicha 11 raundda o‘tkaziladi, vaqt nazorati 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, qo‘shimcha ravishda o‘yin tugashiga 30 daqiqa qo‘shiladi, bunda har bir yurish uchun 30 soniya beriladi.

Musobaqada O‘zbekiston erkaklar terma jamoasidan Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubbayev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov, ayollar terma jamoasidan Afruza Hamdamova, Nilufar Yakubbayeva, Umida Omonova, Marjona Malikova va Nodira Nodirjanovalar ishtirok etmoqda.

Erkaklar terma jamoasi sardori rossiyalik, sobiq jahon chempioni, shaxmatning XXI asr favoritlaridan biri Vladimir Kramnik, ayollar terma jamoasi sardori ham rossiyalik grossmeyster, shaxmat olimpiadasida uch marta g‘olib bo‘lgan Aleksey Dreyevdir.

“Gazeta.uz” avvalroq O‘zbekiston shaxmatchilari va ularning raqiblarining ushbu turnirdagi imkoniyatlarini tahlil qilgan edi .