Koreya Respublikasining Kongvando provinsiyasi Inje shahrida ikkinchi marta Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasi tashkil qilindi. Unda jami 13 ta jamoa, jumladan, AQSh, Avstraliya, O‘zbekiston va Kambodja davlatlaridan 500 dan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etdi.

мудофаа vazirligi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi mazkur Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ikkinchi bor ham ishtirok etib, eng yuqori natijani qayd etdi. O‘tgan yilgi ham o‘zbekistonlik harbiylardan iborat jamoa peshqadamlikni qo‘ldan boy bermagandi.

мудофаа vazirligi

Musobaqada har bir jamoa tasodifiy qur’a tashlash orqali bellashuvga kirishdi. Har bir jamoa operativ rejani ishlab chiqish va milliy kelishuv bo‘yicha majburiyatlarni bajarish, bu orqali bo‘linmalarning qo‘shma operatsiyalari uchun zarur bo‘ladigan ko‘nikma va tajriba oshirishga muvaffaq bo‘ldi.мудофаа vazirligi

Baholash jarayoni ishtirokchi guruhlar shartlar to‘liq bajarilgani, “omon qolish” darajasi, jangovar harakatlar qoidalariga rioya qilingani, jangovar harakatlar taktik vaziyatga mos kelishini har tomonlama tahlil qilish natijalarini xabardor qilish orqali o‘tkazildi.мудофаа vazirligi

Musobaqada Janubiy Koreyaning birinchi jamoasi ikkinchi shrinni egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin AQSh va Janubiy Koreyaning ikkinchi jamoasiga nasib etdi.

Video