Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Bibisora Turobova 15-sentabr kuni vafot etdi, deya xabar bermoqda uyushma matbuot xizmati.

Bibisora Turobova 1952-yil 1-sentabrda Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabdan keyin Maktabgacha ta’lim texnikumida o‘qib, so‘ng Samarqand davlat pedagokogika institutida ta’lim olgan.

U Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, mehribonlik uyi direktori lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

1990-yillarda Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lgan. 10 ga yaqin she’riy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, “Kelin salom” va “Men izlagan quvonch” she’riy kitoblari katta e’tibor topgan. Xususan, uning 2011-yilda yozilgan “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin” she’ri mashhur.