Samarqand shahrida o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols Qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

германия, олаф шольц

Rasmiy tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, shu jumladan:

  • Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Veterinariya va chorvachilik sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo deklaratsiya;
  • “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi doirasida suv resurslaridan barqaror foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo deklaratsiya;
  • O‘ta muhim minerallar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya;
  • Transport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Parij bitimi doirasida iqlim o‘zgarishi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum.

Bundan tashqari, 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan Texnologik sheriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi qabul qilindi, shuningdek, O‘zbekiston va Germaniyaning yetakchi korxonalari darajasida bir qator bitim va shartnomalar tuzildi.

германия, олаф шольц

Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga bo‘lib o‘tadigan Germaniya ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv arafasida O‘zbekistonga tashrif chog‘ida kansler Olaf Sholsga hamrohlik qilayotgan ushbu mamlakat yetakchi investitsiya, sanoat va savdo kompaniyalari vakillarini qutladi.