Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M-25) koniga qarashli 1-sentabrdan buyon vodorod sulfid sizib chiqqan 604-sonli quduqda yakshanba kuni soat 16:50 da so‘ndirish jarayoni yakunlandi. Bu haqda Eriell kompaniyasi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

“Sizib chiqishga qarshi uskunaning qo‘shimcha blogi qurildi va o‘rnatildi. So‘ndirish uchun quduq og‘zini tayyorlash va bog‘lash jarayoni o‘tkazildi. Quduq germetiklandi va so‘ndirildi”, — deyiladi xabarda.

“Hodisa oqibatlarini rejali bartaraf etish jarayoni maxsus tashkil etilgan shtab nazorati ostida amalga oshirildi. Vaziyatni professional baholash maqsadida voqea joyiga O‘zbekiston, shuningdek, Rossiya va AQSh ekspertlarining tashrifi tashkil etildi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

eriell, m-25, бойсун, vodorod sulfidи sizib чиқиши

Eriell`ning ta’kidlashicha, “hodisa oqibatlarni bartaraf etish davomida aholi uchun hech qanday xavf bo‘lmagan. Avvalroq mahalliy aholi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.

“Barcha zarur chora-tadbirlar Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi, O‘zbekiston FVV va „Sanoatkontexnazorat“ davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Ishlar barcha zarur texnika va uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan holda olib borildi”, — deyiladi xabarda.

eriell, m-25, бойсун, vodorod sulfidи sizib чиқиши

“Hodisa boshidan barcha zarur choralar ko‘rilgan. Xususan, atrofda joylashgan aholi punktlarida havo muhitini o‘lchash va monitoring qilish uchun maxsus postlar o‘rnatildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, atmosferada zararli moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasidan oshib ketish holatlari kuzatilmayapti”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Burg‘ilash qurilmasining ishchi maydonini tozalash ishlari amalga oshirildi va yakunlandi, tayanch maydon maxsus texnika va uskunalarni to‘liq o‘rnatish va foydalanish uchun tayyorlandi.

eriell, m-25, бойсун, vodorod sulfidи sizib чиқиши

“„Mustaqillik-25“ konini o‘zlashtirish alohida murakkabligi bilan ajralib turadi, bu yerda xalqaro tajribadan foydalaniladi va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘riladi, shu jumladan xodimlarga doimiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladi. Uglevodorodni qazib olish tobora murakkablashib bormoqda, bu esa doimiy ravishda yangi tajriba va ko‘nikmalarni talab qiladi”, — deya qayd etdi kompaniya.

“Gazeta.uz” avvalroq yaqin atrofdagi aholi o‘tkir hid va sog‘lig‘i yomonlashganidan shikoyat qilgani haqida yozgandi.

eriell, m-25, бойсун, vodorod sulfidи sizib чиқиши