1-sentabr kuni “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yildagi 2-mavsumi yakunlari e’lon qilinib, unda 1772 ta loyiha g‘olib bo‘lgandi. Moliya va iqtisodiyot vazirligi mavsumda yana 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topilgani haqida xabar berdi. Mazkur loyihalar 2-mavsumda yuqori ovoz to‘plaganiga qaramay, yakunda g‘olib bo‘lolmagan.
Jumladan:
- Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 56 ta loyiha;
- loyiha qiymatining 20 foizigacha mablag‘ yetmagan navbatdagi 25 ta loyiha;
- mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 96 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.
Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Eslatib o‘tamiz, 2-mavsumda g‘olib bo‘lgan loyihalarga 2 trln 139 mlrd so‘m ajratilgandi. Jarayonlarda mamlakat bo‘ylab 9 mln 81 ming 610 ta ovoz berildi.
G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.