14-sentabr kuni Buxoro va Toshkentdagi o‘yinlar bilan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati start oldi. O‘zbekiston futzalchilari Toshkentdagi “Humo Arena”da Niderlandiyaga qarshi maydonga chiqib, 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlar o‘yin davomida uch bora hisobda ortda qolganiga qaramay, yakunda Elbek To‘lqinov, Ixtiyor Ropiyev va Husniddin Nishonovning gollari evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Ushbu uchrashuvda “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ham ishlab, tarixiy uchrashuv lahzalarini kadrlarga muhrladi.








Ma’lumot uchun, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvni 17-sentabr kuni “Humo Arena”da Paragvayga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, Paragvay musobaqa guruh bosqichi 1-turida Kosta-Rikani 5:2 hisobida mag‘lub etgan.