14−15-sentabr kunlari Qoraqalpog‘istondagi noyob tabiiy maskan — Borsakelmas hududida (Orol dengizi yaqinidagi orol) “Sayyoramiz kelajagiga qo‘shgan hissamiz” xalqaro ekomarafon bo‘lib o‘tdi. U Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda ProRun yugurish maktabi hamkorligida tashkil etildi.

Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, marafonda O‘zbekiston, Hindiston, Keniya, Togo, Sudan, Iordaniya, Ispaniya, Kanada, Daniya, Belarus, Rossiya kabi 11 davlatdan 250 nafar professional va havaskor yuguruvchi ishtirok etdi.

Ishtirokchilar orasida Nike kompaniyasining musulmon ayollar o‘rtasida yugurishni targ‘ib qiluvchi elchisi Farah Majid va Adidas vakili G‘ani Sulaymon ham bor edi.

Ikki kunlik tadbir dasturida o‘tov lagerida joylashtirish, madaniy dastur, etno-shou, Borsakelmas sho‘rxok hududiga sayohat, 42 km marafon, 21 km yarim marafon hamda 5 va 10 km masofaga yugurish o‘rin olgan.

Tashkilotchilar Borsakelmas marafoni har yili o‘tkaziladigan tadbirga aylanishiga umid qilmoqda.

Foto

borсакелмас, экология vazirligi, ekomarafon, қорақалпоғистон