UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Bu Andersson 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda jarimaga tortildi. Bu haqdagi ma’lumot Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portaliga yuklangan.

Qarorga ko‘ra, shvetsiyalik 71 yoshli mutaxassis tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rmagan.

Shu bois unga nisbatan Mehnat kodeksi ning 312-moddasiga (Intizomiy jazo choralari) asosan ish haqining 5 foizi miqdorida jarima ko‘rinishidagi intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, Bu Andersson 2021-yil 23-avgust kuni UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlangandi. Bungacha u “Gruppa GAZ”, “AvtoVAZ” prezidenti va Yazaki’ning Yevropa bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.