O‘zbekistonning 4 ta hududida yer maydonlari olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Departamentning Toshkent shahri Mirobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro P.D. va boshqalar ushlangan. Aniqlanishicha, ular o‘zaro til biriktirib, A.D. va X.N. ismli fuqarolarga Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yer maydoni hududidan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida ajratilgan 2 gektar yer maydonini 61 000 dollarga sotishga kelishgan. Yer maydoni hujjatlarini tanishlari yordamida nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 20 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Andijon viloyatidagi holatda fuqaro N.T. fuqaro A.P.ning yaqin qarindoshiga Asaka tumani “Yoshlar sanoat zonasi” hududidan ajratilgan 5 sotix yer maydonini go‘yoki tuman hokimligida ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni va’da qilgan. DXX va departament tadbirida xizmati evaziga 20 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

bosh prokuratura departamenti, firibgarlik, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, noqonuniy yer sotish, pora berish

Departamentning Navoiy viloyati Konimex tuman bulimi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh. B. auksion savdosi orqali sotib olgan Qiziltepa tumanidagi 3 sotix yer maydonini hamda ushbu hududga tutash yana 4 sotix yer maydonini fuqaro X.P.ga 15 000 dollariga sotishga kelishgani aniqlangan. U go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida yer maydoni hujjatlarini 4000 dollar evaziga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, jami 19 000 dollarni olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

bosh prokuratura departamenti, firibgarlik, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, noqonuniy yer sotish, pora berish

Shuningdek, Xorazm viloyatidagi tadbirda fuqaro N.A. ushlangan. U fuqaro A.B.ning ishonchiga kirib, unga Yangibozor tumani “Xalqobod” massivida joylashgan hokimlik zaxirasidagi 6 sotix maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishni va’da qilgani ma’lum bo‘lgan. U buning evaziga 1000 dollar va 17,5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.