16-sentabr kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi mintaqalaridan biroz nam havo massalari kirib kelishi boshlandi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
17-sentabr kuni havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
18-sentabr kuni mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19-sentabr kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
20-sentabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kunduzi +25…+30 daraja, ayrim joylarda 32 darajagacha, kechasi +12…+17 daraja issiq bo‘ladi.
16-sentabr kuni shimoliy va cho‘l zonasida shamol ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 16−17-sentabr va 19−20-sentabrda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Toshkent shahrida 17-sentabr kuni kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 18−20-sentabr kunlari havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 19-sentabrda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati kechasi +14…+17 daraja, kunduzi +26…+29 daraja issiq bo‘ladi.