O‘zbekistonda avgust oyida yengil elektromobillar segmentida sotuvlarning pasayishi kuzatildi, deya xabar berdi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.

Oy davomida sotuvlar hajmi 1,7 ming donani tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan deyarli ikki baravar kam.

Hududlar bo‘yicha 5 ta hududda sotuvlar kamayganligi qayd etilgan, umumiy pasayishning 90 foizdan ortig‘i poytaxt ulushiga to‘g‘ri kelgan, Toshkentda sotuvlar 66 foizga kamaydi. Yangi elektromobillarning birlamchi bozorida sotuvlar bir oy davomida 53 foizga kamaydi, ikkilamchi bozorda esa pasayish 37 foizni tashkil etdi. Yillik hisobda foydalanilgan elektromobillar savdosi 20 foizga oshdi.

Umumiy hisobda avgust oyida yengil avtomobillar savdosi 11 foizga oshib, 102 ming donani tashkil etdi, bu 2024-yilning fevral oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziIqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Shunga qaramay, 2023-yilga nisbatan yengil avtomobillar savdosi 24,6 foizga qisqargan. Ya’ni, oylik o‘sishga qaramay, yillik dinamika zaifligicha qolmoqda.

Hududlar kesimida avgust oyida yengil avtomobillar savdosi bo‘yicha eng yuqori o‘sish Surxondaryo (54 foiz), Farg‘ona (25,4 foiz) va Andijon viloyatlarida (24,8 foiz) qayd etilgan.

Birlamchi yengil avtomobil bozori

Birlamchi yengil avtomobil bozorida sotuvlar iyul oyga nisbatan 22,4 foizga oshdi, bu avvalgi oyga nisbatan qariyb 7 mingtaga ko‘p hisoblanadi. Yillik hisobda esa vaziyat barqarorlashmoqda, iyul oyida sotuvlarning pasayishi 12 foiz darajasida bo‘lgan bo‘lsa, avgust oyida ko‘rsatkich atigi 1 foizni tashkil etdi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida sotuv sur’atlarini oshirish tendensiyasi davom etdi. Xususan, bunday avtomobillar savdosi 22 foizga o‘sish bilan 34 mingtani tashkil etdi. Yillik hisobda faollik o‘sishi 5 foizni tashkil etdi.

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozori

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi sotuvlar hajmining yillik pasayishi tendensiyasini saqlanib turibdi. Lekin oylar hisobida sotish dinamikasi o‘sishi davom etmoqda. Xususan, avgust oyida yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi faollik o‘tgan oyga nisbatan 5 foizga oshdi. Hisobot davrida bu segmentda 64,6 ming dona avtomobil sotilgan. Yillik hisobda esa sotuvlar 33,7 foizga kamaygan.

Import avtomobillar

Avgust oyida ham O‘zbekiston bozorida xorijiy yengil avtomobillar bozori o‘sishda davom etdi. Iyul oyida bu segmentdagi sotuvlar 9,6 foizga o‘sgan bo‘lsa, avgust oyida o‘sish 25,6 foizdan oshdi, bu avvalgi oyga nisbatan 680 tadan ortiq xorijiy avtomobilga ko‘proq hisoblanadi. Shunga qaramay, faollikning bunday o‘sishi yillik sotuvlarning pasayishi hajmini qoplamaydi, yillik hisobdagi pasayish taxminan 38 foizni tashkil etmoqda.