Futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining 17-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvlaridan so‘ng musobaqaning dastlabki nimchorak finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekistonni mag‘lub etgan Paragvay, shuningdek, “B” guruhi favoritlari hisoblangan Braziliya va Tailand muddatidan avval pley-off bosqichi yo‘llanmasini hal qildi.

17-sentabr, seshanba
“A” guruhi, 2-tur uchrashuvlari

Kosta-Rika — Niderlandiya 2:2

Gollar: Tovfiq Seyar (7, avtogol), Yosel Leon (32) — Said Buzambu (19), Ismoil Odduh (21).
Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi: Ismoil Odduh (Niderlandiya).

Kosta-Rika va Niderlandiya seshanba kuni Toshkentda bir ochkodan bo‘lishib olib, futzal bo‘yicha jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

Foto: Murod Yusuf / “Gazeta.uz”Foto: Murod Yusuf / “Gazeta.uz”

Ismoil Odduhning ajoyib golidan so‘ng Niderlandiya ushbu uchrashuvni o‘z foydasiga hal qiladigandek edi, ammo Yosel Leonning zarbasi kosta-rikaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shu tariqa, Niderlandiyaning ochkolari soni 2 taga yetgan bo‘lsa, Kosta-Rika musobaqadagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.

Niderlandiya endi 20-sentabr, juma kuni Buxoroda Paragvayga qarshi bahs olib boradi. Kosta-Rika esa Toshkentda qolib, musobaqa mezboni — O‘zbekiston futzalchilariga qarshi maydonga chiqadi. Kosta-Rika ham, Niderlandiya ham, O‘zbekiston ham keyingi bosqichga chiqish imkonini saqlab qolmoqda.

O‘zbekiston — Paragvay 1:4

Gollar: Husniddin Nishonov (36) — Xorxe Espinosa (16), Arnaldo Bayes (17), Fransisko Martines (24), Xaver Adolfo Salas (26).
Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi: Xorxe Espinosa (Paragvay).

Paragvay jahon chempionatining pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘ldi, O‘zbekistonnin pley-offga chiqish imkoniyatlari esa karrasiga kamaydi.

Birinchi taymda Xorxe Espinosa va Arnaldo Bayesning ikki goli, ikkinchi taymda esa Fransisko Martines va Xaver Salasning ikki goli Paragvayning o‘ta yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minlayotgan edi. O‘zbekiston bu to‘rt golga o‘yin yakunlanishiga to‘rt daqiqa qolganida Husniddin Nishonovning bir goli bilan javob bera oldi, xolos. Shunga qaramay, o‘zbekistonlik futzal ishqibozlari butun o‘yin davomida milliy termani tinimsiz qo‘llab-quvvatlab turdi.

O‘zbekiston keyingi bosqich yo‘llanmasidan bebahra qolmasligi uchun endi juma kuni Toshkentda Kosta-Rikani mag‘lub etishi kerak bo‘ladi, shunda ham jamoaning keyingi bosqichga chiqish-chiqmaslik masalasi to‘liq o‘ziga bog‘liq emas — O‘zbekiston boshqalarning natijalarini kutishga majbur bo‘lishi mumkin. Paragvay esa Niderlandiyaga qarshi 3-tur uchrashuvini o‘tkazish uchun Buxoroga yo‘l oladi.

o‘zбекистон futzal терма jamoaси, futzal bo‘yicha jahon chempionati 2024

“B” guruhi, 2-tur uchrashuvlari

Tailand — Kuba 10:5

Gollar: Krit Aransanyalak (6), Ronnachay Jungvongsuk (12), Supxavut Tuyeanklang (14, 26), Itticha Prapxapxan (29, 29), Apivat Chayemcharoyen (32), Muhammad Osamanmusa (29, 37), Saravut Falafruyek (39) — Kristian Valiyente (4), Kristian Morexon (16, 37), Dayan Kotilya (16), Iduan Martines (30).
Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi: Muhammad Osamanmusa.

Tailand o‘zining sovuqqon o‘yini bilan Kubani tor-mor etib, jahon chempionatidagi ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va keyingi bosqich masalasini ham hal qildi.

Kuba ushbu bahsning yaqqol autsayderi hisoblansa-da, avvaliga kutilmagan o‘yin ko‘rsatdi — hisobni birinchi bo‘lib ochdi va tanaffusga ham durang (3:3) bilan chiqib ketishga erisha oldi.

Ammo ikkinchi taymda, Kuba yana ikki gol urib, vaziyatni o‘nglashga uringan bo‘lsa-da, Tailand raqib darvozasiga yetti bor yo‘l topib (ular orasida uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Muhammad Osamanmusaning dubli ham alohida e’tirofga loyiq), g‘alaba qozondi.

Braziliya — Xorvatiya 8:1

Gollar: Pito (13, 25), Diyego (17), Marsel (18, 24), Negino (19), Artur (29), Rafa (37) — Dario Marinovich (15).
Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi: Pito (Braziliya).

Braziliya jahon chempionati guruh bosqichining ikki o‘yinida jami 18 ta gol urib, pley-off yo‘llanmasini hal qildi.

Foto: FIFAFoto: FIFA

Jahonning besh karra chempionlari 1-turda Kuba darvozasiga javobsiz 10 ta gol urgandi. 2-turda esa Artur va Neginoning ajoyib gollari, Pito va Marselning dubllari evaziga Xorvatiyani 8:1 hisobida taslim etdi.

Braziliya 3-turni ham Buxoroda o‘tkazadi. Ular “B” guruhida 6 ochko ishlagan ikkinchi jamoa — Tailand qarshi bahs olib boradi. Pley-off yo‘llanmasidan hali umidvor bo‘lgan Xorvatiya esa Kubaga qarshi o‘ynash uchun Toshkentga yo‘l oladi. Har ikkala o‘yin 20-sentabr, juma kuni Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

o‘zбекистон futzal терма jamoaси, futzal bo‘yicha jahon chempionati 2024

Navbatdagi o‘yinlar

18-sentabr, chorshanba
“S” guruhi, 2-tur uchrashuvlari
17:30. Toshkent
Angola — Ukraina

20:00. Toshkent
Argentina — Afg‘oniston

“D” guruhi, 2-tur uchrashuvlari
17:30. Andijon
Liviya — Qozog‘iston

20:00. Andijon
Ispaniya — Yangi Zelandiya