AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi uchun arizalar qabul qilayotganini e’lon qildi. Tashabbus ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va to‘qimachilik, turizm, yashil iqtisodiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi muhim tarmoqlarda o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan.

AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, grant dasturi keng ko‘lamli tashkilotlarni, jumladan, kichik va o‘rta korxonalarni, nodavlat tashkilotlarni va iqtisodiy o‘sish hamda ijtimoiy inklyuziyaga yordam beruvchi boshqa tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Xotin-qizlar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga alohida e’tibor beriladi.

Grantlar hajmi qo‘shma moliyalashtirish sharti bilan 25 mingdan 100 ming dollargacha bo‘ladi — USAID aksariyat korxonalar uchun loyiha qiymatining 50 foizini moliyalashtiradi. Ayollar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar uchun USAID xarajatlarning 80 foizigacha mablag‘ ajratishi mumkin.

Ariza topshirishning oxirgi muddati — 15-oktabr. Batafsil ma’lumot va konsepsiyalarni yuborish shablonlari ushbu havolada.

USAID’ning besh yillik Biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi O‘zbekistonda inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Bu uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishga turtki beradigan dinamik, jonli va barqaror tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga yordam beradi.