Anestpharma kompaniyasi Nest Imudon kontrafakt dori vositasini ishlab chiqargani uchun 68 million so‘m jarimaga tortildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti.

Tekshiruv Imudon preparatining qalbaki versiyasi sotilganini e’lon qilgan Abbott Products Operations kompaniyasining murojaati asosida o‘tkazilgan. Xabarda aytilishicha, kontrafakt dorining nomi va qadoqlari asl Imudon`ga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan.

Kompaniya, avvalroq Magne B6 kontrafakt dori vositasini ishlab chiqargani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgandi, deya qo‘shimcha qildi departament.

Ma’lumot uchun, tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.