️Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha cheklanadi, deb xabar berdi “Toshkent shahri elektr tarmoqlari”.

Qayd etilishicha, “iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash maqsadida” Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kVt. li yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli 18-sentabrdan 5-oktabrga qadar Bobur ko‘chasining ushbu qismi avtotransport vositalari uchun yopiladi.

Tashkilot haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.