O‘zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichi 2-tur uchrashuvida Paragvayga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqaning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlarini sezilarli pasaytirib yubordi. Jamoa 1-turda Niderlandiyaga qarshi o‘yinda 3:3 hisobida durang o‘ynagan edi.

Musobaqa mezboni kurashni guruh bosqichidayoq yakunlamasligi uchun endi 20-sentabr, juma kuni “Humo Arena"da Kosta-Rikani mag‘lub etishi shart, shuningdek, boshqa jamoalarning o‘yinlari natijalarini ham kutishiga to‘g‘ri keladi.

“Humo Arena"da 17-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan va o‘zbek futzalchilari uchun, qaysidir ma’noda, fojiaga aylangan o‘yin lahzalarini “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf kadrlarga muhrladi.