Tarmoqlarda yoki tanishlar orqali ish jarayonida xodimini kaltaklagan yo unga qo‘pollik qilgan rahbarlar haqida eshitib turamiz. Bunday paytlarda ayb kim tomonda bo‘lishidan qat’i nazar, holatga qonuniy baho berilishi zarur, mushtumzo‘rlik bilan emas.

Ammo odamlar shunday vaziyatga duch kelganida qanday harakat qilish kerakligini biladimi? O‘z huquqlarini talab qilishga, zo‘ravon va mushtumzo‘r mas’ullarning ustidan shikoyat qilishga qanchalik tayyor? “Gazeta.uz” poytaxtning ayrim hududlarida bo‘lib, ushbu mavzu bo‘yicha odamlar fikri bilan qiziqdi.

Ayrim respondentlar bunday holat o‘zlari bilan ham sodir bo‘lganini, biroq chora ko‘rish uchun hech qayerga shikoyat qilmaganini aytdi. Ba’zilar xodim va rahbar o‘rtasida munosabatlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasligi bunga sababchi bo‘lishini bildirdi. Javoblar bilan batafsil quyidagi video orqali tanishish mumkin: