2023-yilning aprel oyida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tuman qishloqlaridan biriga adashib kelib qolgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i o‘ldirilgandi. O‘shanda jonivorni harakatsizlantirib, tabiatga qaytarish rejalashtirilganiga qaramay, hayvon odamlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida otib yuborilgani ortidan Bosh prokuratura holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgandi.

18-sentabr kuni AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida Ekologiya vazirligining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Sadikov jinoyat ishi natijalari haqida ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, o‘sha vaqtda qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha o‘tgan tergov ishlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagan va ish yopilgan.

ayiq, эколоgик nazorat inspeksiyasi, эколоgия vaзирлиgи, hayvonot олами

Foto: Abdurashid Sadikov.

“[Ayiqning] otib o‘ldirilgani ayanchli hol. O‘sha vaqtda hayvonni uxlatib qo‘yib, keyin tabiatga qo‘yib yuborish katta maqsadimiz bo‘lgan. Lekin, Toshkentdagi hayvonot bog‘idan mutaxassislar Qashqadaryoga kirib kelganda ayiq tashqariga chiqishga harakat qilgach, komissiya qarori bilan ayiqni o‘ldirishga qaror qilinadi. Holat bo‘yicha Bosh prokuratura o‘sha vaqtda ish qo‘zg‘atgan va olib borilgan tergov ishlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagandan keyin tegishli moddalar bilan ish yopildi”, — deya holatga izoh berdi u.

Eslatib o‘tamiz, ayiq voqeasida gumondorlar Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi “g” bandiga ko‘ra (Taqiqlangan qurollarni yoki vositalarni qo‘llagan holda hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) tergovga jalb qilingandi. Bu holat BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘lishi mumkin edi.

Abdurashid Sadikovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat mas’ullarga yovvoyi hayvonlarni inson omiliga yaqin kelishining oldini olish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilishiga turtki bo‘lgan. Bunda har bir insonlar yashaydigan joyga hayvonning kelib qolishi sababini, unga qo‘yilgan choralar, vaziyatga qaysi vazirlik mas’ulligi belgilangan, dedi u.

Tadbirda shuningdek, vazirlikning Ekologik nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi Lazizbek Xasanov 2024-yilda hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararlar haqida so‘zladi.

ayiq, эколоgик nazorat inspeksiyasi, эколоgия vaзирлиgи, hayvonot олами

Foto: Lazizbek Xasanov.

“Ekologik nazorat sohasida 2024-yilda 32 mingta holat aniqlangan. Buning ichida hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarning soni 360 tani tashkil qiladi. Belgilangan jarimalar miqdori esa 1 mlrd so‘mdan ko‘p. Aynan hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararning miqdori esa 115 mln so‘mni tashkil qiladi”, — dedi mutaxassis.