Toshkent shahrida 12 ta avtobus yo‘nalishlarining harakati vaqtincha o‘zgardi, deb ma’lum qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Avval xabar berilganidek, 18-sentabrdan 5-oktabrgacha Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari orasidagi qismida 110 kVt. li yerosti elektr kabellarini o‘tkazish ishlari olib boriladi.

avtobus, avtobusлар harakati, тошкент, транспорт vazirligi, жамоат транспорти

Shu sababli 2, 11, 12, 40, 45, 47, 67, 77, 80, 94, 106, 140-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan chizma asosida tashkil etiladi.

“Ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslarning qatnov va oraliq vaqtlari belgilangan vaqtdan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin”, — deya ogohlantirdi vazirlik.