Iqtisodiyot
Paxta sotib olish bo‘yicha shartnoma shartlari fermerlar zarariga qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Tafsilotlar
Hukumat fermerlar va klasterlar tomonidan paxta sotish bo‘yicha shartnomalar tuzadigan paxta xomashyosining boshlang‘ich narxlariga oid qarorni imzoladi. Hujjat paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilari orasida savollar tug‘dirdi. Iqtisodchi va blogerlar yangi qoidalar fermerlar zarariga qabul qilinganini aytmoqda.
O‘zbekistonlik kara haydovchilari Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda
Slovakiya o‘zbekistonlik kara haydovchilarini oylik maoshi 1200−1500 dollar bo‘lgan ishga taklif qilmoqda. Nomzodlar 45 yoshgacha, “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi hamda rus tilini bilishi kerak.
Uchta bankning 148 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullangani aniqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Mikrokreditbank”, “Biznesni rivojlantirish banki” va “Turonbank"dagi 148 nafar xodim 155 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik qilayotganini aniqladi. Xodimlarga ogohlantirish xatlari berilmoqda. Avvalroq agentlik 6 ta vazirlikda ham shunday holatlarni aniqlangandi.
Raqobat qo‘mitasi Vodiy Sanoat Faxri korxonasini paxta tolasi sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘yganlikda aybladi
Raqobat qo‘mitasi Andijon boshqarmasi Vodiy Sanoat Faxri MCHJ 42,5 mlrd so‘mlik paxta tolasini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolaganini aniqladi. Korxona, shuningdek, narxlarni birja kotirovkalariga nisbatan arzon qo‘llab, narx manipulyatsiyasi sodir etgan. Unga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.
Jamiyat
M-25 konidan yana vodorod sulfid sizib chiqdi. 4 kishi halok bo‘lgani ma’lum, jarohatlanganlar bor
Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konidan yana vodorod sulfid chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, 4 kishi halok bo‘lgan (rasmiy xabarga ko‘ra, 2 kishi) va jarohatlanganlar ham bor. Kechki payt Boysunda Favqulodda vaziyatlar va Energetika vazirliklari rahbarlari brifing o‘tkazishi kutilmoqda.
Rasman: M-25 konidagi avariyada 4 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu ma’lumotni prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz"ga tasdiqladi. Uning ma’lum qilishicha, prezident real vaqt rejimida vaziyat haqida ma’lumot olib turibdi.
Alkogol mahsulotlari uchun eng kam sotish narxlari belgilandi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi qarori bilan vino, konyak, aroq va boshqa alkogol mahsulotlarining minimal sotish narxlari belgilandi.
Toshkentdagi mebel korxonasida yong‘in chiqdi (video)
Olmazor tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in ro‘y berdi. Jarayon poytaxt FVB boshlig‘i nazoratida salkam 1,5 soatda bartaraf etildi.
Qashqadaryoda ayiq otib o‘ldirilishi bo‘yicha jinoyat ishi natijasi nima bo‘ldi? Vazirlik javobi
Chiroqchi tumanida qishloqlardan biriga adashib kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiqni rasmiylar “aholi xavfsizligi uchun” otib o‘ldirgandi. Ekovazirlik mas’uli hayvonning o‘ldirilishi bo‘yicha tergovda jinoyat alomatlari aniqlanmagani va ish tegishli moddalar bilan yopilganini ma’lum qildi.
Surxondaryoda Nexia va “Jiguli” to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
Sariosiyo tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar boshqaruvidagi Nexia 2 va “Jiguli” mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda 3 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan yo‘lovchilar shifoxonaga murojaat qilgan.
Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi
Chorshanba kuni soat 10:00 dan Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi. Yo‘lda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida burg‘ilash va portlatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Urganch davlat universiteti talabalar turar joyi binosi qurilishi bo‘yicha o‘tkazgan tender savdolari qonunga zid deb topildi. Universitet obyektning toifasini noto‘g‘ri belgilashi oqibatida boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining tenderda ishtirok etishi cheklangan.
Toshkentda 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab transportlar uchun yopilgandi. Shu munosabat bilan jami 12 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgardi. Ularning qatnov va oraliq vaqti uzayishi mumkin, deb ogohlantirdi Transport vazirligi.
Jahon
Livandagi “Hizbulloh” a’zolari orasida yuz bergan ommaviy portlashda 3000 ga yaqin kishi jarohatlandi
17-sentabr kuni butun Livanda bir vaqtning o‘zida “Hizbulloh” a’zolari foydalangan peyjerlar portladi. Kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, uch mingga yaqin kishi yaralandi. Guruh sodir bo‘lgan voqealarda Isroilni aybladi.
Norvegiya elektromobillar soni benzinli avtomobillar sonidan oshgan ilk davlat bo‘ldi
Norvegiyada elektromobillar soni (754,3 mingdan ziyod) birinchi marta benzinli avtomobillar sonidan oshib ketdi. Sotuv va chiqindi soliqlaridan ozod qilish, avtoturargoh to‘lovlarini kamaytirish va elektromobillar uchun avtobus yo‘laklaridan foydalanishga ruxsat berilishi bunga turtki bo‘lgani qayd etildi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!