18-sentabr tongida Toshkent shahri Olmazor tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Poytaxt FVB hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, soat 07:28 da Usta Shirin ko‘chasidagi yong‘in xabari kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari yong‘inni 07:58 da qurshab olgan, soat 08:56 da batamom o‘chirgan. Jarayon shahar FVB boshlig‘i Muxtor Muhitdinov nazoratida amalga oshirildi, deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida jarohat olgan va vafot etganlar yo‘qligi ma’lum qilindi. Yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.