Mobiuz mobil operatori Markaziy Osiyo axborot texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbirlardan biri — ICT Wyeyek 2024 haftaligining an’anaviy ishtirokchisi hisoblanadi. Uning doirasida o‘tkazilayotgan ICT Expo ko‘rgazmasi ilg‘or yechimlarni namoyish etish va soha ishtirokchilari o‘rtasida tajriba almashish uchun noyob platformadir.

Mobiuz o‘z stendida yangi 5G Calling va VoWiFi texnologiyalarini namoyish etmoqda.

mobiuz, реклама

5G Calling — bu interaktiv qo‘ng‘iroqlar. U bevosita qo‘ng‘iroq paytida interaktiv interfeysdan foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu texnologiya mehmonxonalarga oldindan buyurtma berish misolida namoyish etilmoqda, uning yordamida qanday qilib bir daqiqada dunyoning istalgan mehmonxonasida xonani oldindan band qilish mumkinligi ko‘rsatilmoqda. Xizmat imkoniyatlari cheklanmagan va uni biznesning har qanday sohasida foydalanish uchun moslashtirish mumkin.

Mobiuz`ning bu yilgi asosiy yangiligi VoWiFi bo‘lib, u operator tomonidan joriy yilning 24-avgustida ilk bor tijorat maqsadida ishga tushirilgan. Ko‘rgazmada kompaniya mutaxassislari mehmonlarga Wi-Fi tarmoqlari orqali qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlardan qanday qilib maksimal darajada samarali foydalanish haqida batafsil tushuntirish bermoqda va namoyish etmoqda.

mobiuz, реклама

Mobiuz stendining alohida ko‘ngilochar zonasida MobiGames (mobil o‘yinlar), MobiCinema (televideniye va kino), MobiMusic (musiqa) kabi mahsulotlar va xizmatlar ekotizimi taqdim etilgan.

Xususan, yaqinda kompaniya turli janrlardagi onlayn o‘yinlarni o‘z ichiga oluvchi MobiGames ko‘ngilochar xizmatini ishga tushirdi. Ular orasida mashhur “Oyga shar” (Balloon to the Moon) asari asosida Mobiuz abonentlari uchun maxsus yaratilgan o‘yin — MobiMoon ham bor. Stendda uni o‘ynash va brendlangan sovg‘alarni yutib olish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, stendda kompaniyaning joriy yilda ishga tushirilgan tarif rejalari va 100 foizgacha chegirmaga ega chiroyli raqamlari taqdim etilgan. Har bir tashrif buyuruvchi o‘zi uchun eng maqbul yechimni — cheksiz qo‘ng‘iroqlar, turli hajmdagi internet yoki maxsus takliflarni topishi mumkin. Shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan kelgan har kim (shu jumladan, chet el fuqarolari) operatorga ulanishi mumkin.

mobiuz, реклама

Ko‘rgazma davomida tashrif buyuruvchilar Mobiuz`ning maxsus syurpriziga ham guvoh bo‘lishlari mumkin.

Mobiuz barchani ICT Expo 2024`dagi stendiga taklif qilmoqda. Bu yerda xizmatlarning afzalliklariga shaxsan ishonch hosil qilish va operator aloqa sohasi kelajagida o‘z o‘rnini qanday shakllantirishi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Kompaniya mutaxassislari barcha savollarga javob berish va texnologiyalar kundalik hayotni qanday yaxshilashini namoyish etishdan mamnun bo‘ladilar.

Ko‘rgazmadan jonli efirlar va Reels`larni Mobiuz Instagram sahifasida tomosha qilish mumkin.

Manzil: Mirzo Ulug‘bek t-ni, Milliy bog‘ ko‘ch., 1-uy.

Google xaritasidagi joylashuv. Yandex xaritasidagi joylashuv.

Reklama huquqlari asosida.