Xabar to‘ldirildi: “Qamchiqavtoyo‘l” oradan bir soat o‘tib dovonda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanayotganini bildirdi.

18-sentabr kuni soat 10:00 dan Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi, deya xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Qayd etilishicha, dovon A-373 avtomobil yo‘lining 254,6 va 258 kilometrlari oralig‘ida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yopilgan. Hududda burg‘ilash va portlatish ishlari amalga oshiriladi.