18-sentabr kuni Budapeshtda o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining yettinchi turida erkaklar va ayollardan iborat O‘zbekiston terma jamoalarining ikkisi ham g‘alaba qozondi.

Erkaklar terma jamoasi vakillari (o‘rtacha reyting — 2690, start raqami — 4) asosiy uchrashuvlardan birida Ukraina bilan to‘qnash keldi.

shaxmat, shaxmat олимпиаdaси, гuлрuҳбегим тоҳиржоноva

O‘sha kuni 20 yoshni qarshilagan Nodirbek Abdusattorov sitsiliyacha himoya usulida raqibi Andrey Volokitinni mag‘lub etdi (partiya).

“Bu yerda ko‘p narsa debyut harakatning o‘zida hal bo‘ldi. Nodirbek bu haqda o‘ylashni boshlaganida 23-harakatini amalga oshirayotgandi — uning tayyorgarligi shuncha uzoqqa cho‘zildi! Qora donalar esa vaqt bo‘yicha bir soatdan ko‘proq orqada qolishdi, bu esa muqarrar ravishda vaqt tanqisligi va xatoga olib keldi. Sozin hujumining juda kam uchraydigan turi o‘ynaldi, Volokitin bunga tayyor emas edi”, — deyiladi Chess Now Telegram kanalidagi postda.

Shamsiddin Vohidov Anton Korobov bilan tengma-teng o‘yinda durang qayd etdi, Javohir Sindarov esa sobiq jahon chempioni (2002−2004), shaxmat olimpiadalarining ikki karra g‘olibi Ruslan Ponomarevni taslim bo‘lishga majbur qildi.

Ukrainalik afsonaviy shaxmatchi Vasiliy Ivanchukka qarshi kechgan o‘yinda Nodirbek Yoqubboyev o‘yinning yarmidan so‘ng ustunlikka erishdi, ammo raqibining xatosidan unumli foydalana olmadi. Natijada tomonlar durangga rozi bo‘lishdi.

shaxmat, shaxmat олимпиаdaси, гuлрuҳбегим тоҳиржоноva

Yakuniy hisob 3:1, O‘zbekiston foydasiga. Mamlakat birinchi o‘rinda borayotgan va Xitoyni mag‘lub etgan Hindistonni ta’qib etishda davom etmoqda.

Ayollar terma jamoasi Gretsiyani 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa-da, Feruza Hamdamova turnirdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

shaxmat, shaxmat олимпиаdaси, гuлрuҳбегим тоҳиржоноva

Nodira Nodirjonova ushbu Olimpiadada milliy terma jamoa safida eng kam o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, doim ochko olib kelmoqda. Bu safar sportchi Xaritomeni Markantonakini mag‘lub etdi — unda allaqachon uchta g‘alaba va bitta durang bor.

shaxmat, shaxmat олимпиаdaси, гuлрuҳбегим тоҳиржоноva

Umida Omonova Anastasiya Avramiduni mag‘lub etdi. Bu ikki durang va bir mag‘lubiyatdan so‘ng O‘zbekiston vakilining to‘rtinchi g‘alabasi bo‘ldi.

Malika Marjonova Yekaterina Pavlidu bilan durang o‘ynadi, Afruza Hamdamova esa Stavrula Solakiduga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.

Erkaklar o‘rtasida faqat Hindiston 14 ochkodan 14 ochko jamg‘armoqda. Keyingi o‘rinda oltita g‘alaba va bir durang bilan Eron, oltita g‘alaba va bir mag‘lubiyat bilan O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi o‘rinda bormoqda. Vengriya, Armaniston va Serbiya terma jamoalarida esa 12 ochkodan bor.

Ayni paytda ayollar o‘rtasida ham 14 ochkodan 100 foizlik natijaga faqat Hindiston jamoasi ega. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa 11 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Oldinda hali 4 ta tur bor.

19-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi turda erkaklar terma jamoasi Serbiyaga, ayollar terma jamoasi esa AQShga qarshi bahs olib boradi. Unda AQSh terma jamoasidan o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova birinchi doskada o‘ynaydi. U 2020-yilda Amerika jamoasida o‘ynay boshlagandi va AQShga ketishiga O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari birinchi o‘rinbosarining xatti-harakatlarini sabab qilib ko‘rsatgandi.

So‘nggi 2022-yilgi Olimpiadada Tohirjonova O‘zbekistonga qarshi o‘ynamagan, u bu safar birinchi doskada Afruz Hamdamova bilan to‘qnash kelishi mumkin.