Siyosat
“Sun'iy kooperativlar vazirligi”. Quyi palata spikeri kooperativlar to‘g‘risidagi qonundagi normaga qarshi chiqdi
Deputatlar fermerlar birlashib, hamkorlikda faoliyat olib boradigan qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Ular hujjatga kooperativlarning uyushmalarga majburiy a’zoligini qo‘shishga urindi, biroq Quyi palata spikeri qarshi chiqdi: “Bularning ustidan tayyor vazirlik tashkil qilyapsizlar”.
O‘zbekiston Isroildan qo‘shinlarini Falastindan olib chiqishni talab qiluvchi BMT rezolyutsiyasini yoqladi
O‘zbekiston 124 ta davlat qatorida BMT Bosh assambleyasining Isroildan o‘z kuchlarini Falastin hududlaridan olib chiqib ketishni talab qiluvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Nodir Ganiyev Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi. Prezident Toshkent va Parij o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbolini “yuksak baholadi”.
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi migratsiya kelishuvi nimalarni nazarda tutadi? Tafsilotlar
O‘zbekiston va Germaniya malakali mutaxassislar kirishi va noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborishni osonlashtiradigan bitim imzoladi. Hujjat xorijliklarni uchinchi davlatga qaytarish uchun tranzit imkoniyatini ham nazarda tutadi. OAVlar afg‘onlarni Toshkent orqali deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida yozgandi.
Olti yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga 2,5 mlrd dollarlik xalqaro investitsiya va grantlar jalb etildi
Bosh vazir Abulla Aripovga ko‘ra, O‘zbekiston 2017−2023-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga xalqaro moliya institutlaridan 2,5 mlrd dollar investitsiya va grant mablag‘larini jalb etgan. U, shuningdek, 2030-yilgacha oziq-ovqat ishlab chiqarishni 2 barobar ko‘paytirish rejalari haqida gapirdi.
Iqtisodiyot
Soliq qo‘mitasi “to‘lovlar"ni jo‘natishdagi muammolarga izoh berdi
Internetda to‘lov topshiriqnomalarini yuborishda muammolar bo‘layotgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Soliq qo‘mitasi buni ayrim banklar ogohlantirmasdan yangi axborot tizimlariga o‘tgani bilan izohladi. Banklarga ogohlantirishlar yuborildi.
Inbazar do‘konlarida 1 emas, 44 nafar xodim rasman ishlayapti — DSQ
Davlat soliq qo‘mitasi Inbazar do‘konlarida ishlaydigan xodimlarning faqat 1 nafari rasmiy ravishda ishlayotganini rad etdi. Qo‘mitaning qayd etishicha, mazkur savdo brendi ostidagi 3 ta tadbirkorlik subyektida jami 44 nafar xodim rasman ishlayapti.
O‘zbekistonda jamoat transporti uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi
Prezident farmoni bilan 2025-yildan boshlab O‘zbekistonda jamoat transporti va shahar atrofi poyezdlarida tashish uchun QQS (12 foiz) bo‘yicha berilgan imtiyozlar va boshqa soliq imtiyozlari bekor qilinadi.
OTB O‘zbekistonda mikrokorxonalarni rivojlantirish uchun 300 mln dollar ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda mikrokorxonalarning moliya olish imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 300 mln dollar ajratadi. Dastur bank xizmatlari bilan qamrab olinmagan yoki yetarli darajada qamrab olinmagan mikrokorxonalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Endi yangi soliq imtiyozlari keyingi yil boshidan joriy etiladi
O‘zbekistonda yangi soliq imtiyozlarini joriy etish tartibi o‘zgaradi. 2025-yildan boshlab ular joriy qilingan paytdan boshlab emas, balki keyingi yilning boshida kuchga kiradi. Eksportchilar va Hyatt International uchun foyda solig‘i imtiyozlari ham bekor qilinmoqda.
“Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan holda rivojlantirish” — prezident
Prezident qishloq xo‘jaligidagi rejalarga oid taqdimotda urug‘ importida raqobat muhitini yaratish, paxta yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish kerakligini aytdi. “Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan, BMTning eng yaxshi tajribalarini tatbiq qilgan holda rivojlantirish”, — ta’kidladi u.
Jamiyat
Buxoroda o‘zganing yerini olib berish evaziga fuqarodan 3000 dollar pora olgan kadastrchi ushlandi
Buxoroda Kadastrlar palatasi tuman filiali yetakchi muhandisi qo‘lga olindi. U fuqarodan boshqa tadbirkorga tegishli yerni ro‘yxatdan o‘tkazib berish uchun 3000 dollar olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Kondagi avariya oqibatida halok bo‘lganlarning oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi — energetika vaziri
Boysundagi M-25 konidagi avariya oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oilalari pudratchi tashkilot qaramog‘iga olinadi, deya ma’lum qildi energetika vaziri. Bundan tashqari, pudratchi tashkilot ularning farzandlarini voyaga yetkazib, o‘qitib, kompaniyada kafolatlangan ish bilan ta’minlashgacha zimmasiga olgan.
Nurmat Atabekov: Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlangani yo‘q
Nurmat Atabekov O‘zbekistonda koronavirusning yangi XEC shtammi qayd etilmaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu kasallik yengil va asoratsiz, aniqrog‘i, O‘RVI va grippga xos belgilar bilan kechmoqda. Mutaxassis koronavirusga O‘RVI va grippdek munosabatda bo‘lish vaqti kelganini ta’kidladi.
O‘zbekiston elektron hukumatlar reytingida 63-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston BMTning elektron hukumatlar rivojlanish darajasi bo‘yicha reytingida 6 pog‘ona yuqorilab, 193 davlat orasida 63-o‘rinni egalladi. Uning elektron hukumatning rivojlanish indeksi 0,79 ni, past va o‘rta daromadli mamlakatlar orasidagi ko‘rsatkichi esa 0,76 ni tashkil etdi.
Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari 15 foizga oshiriladi
Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi tomonidan aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari tariflarining 15 foizga oshirilishi ma’qullandi.
Madaniyat
Toshkentda Destination: Tashkent film va diskurs festivali bo‘lib o‘tadi
26−29-sentabr kunlari Toshkentda Destination: Tashkent kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Dasturda tarixiy filmlar va Markaziy Osiyo rejissyorlarining zamonaviy asarlari namoyish etiladi.
Sport
Shaxmat olimpiadasida o‘zbekistonlik erkaklar Ukrainani, ayollar esa Gretsiyani mag‘lub etdi
Shaxmat olimpiadasining 7-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Ukrainani mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. Ayollar terma jamoasi Gretsiyani mag‘lub etdi. Endi ular jamoasida o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova ham bo‘lgan AQShga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 1 pog‘ona ko‘tarilib, 60-o‘ringa chiqdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida yana 1 pog‘ona yuqorilab, 60-o‘rinni egalladi. Jamoa sentabrdagi 2 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.
Jahon
2050-yilgacha superbakteriya sababli 39 mln dan ortiq odam o‘lishi mumkin — tadqiqot
Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar keltirib chiqaradigan infeksiyalar 2050-yilga kelib 39 milliondan ortiq odamni o‘ldirishi mumkin. Ayniqsa, keksalar superbakteriyalarga zaif bo‘ladi.
Livanda yangi portlashlar seriyasi yuz berdi
Livanda “Hizbulloh” foydalanadigan portativ ratsiyalarni portlatish boshlandi. Kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 450 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bir kun oldin butun mamlakat bo‘ylab guruh a’zolarining peyjerlari bir vaqtning o‘zida portlagandi.
AQSh Federal zaxira tizimi 2020-yildan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
AQSh Federal zaxira tizimi to‘rt yil ichida birinchi marta asosiy foiz stavkasini pasaytirdi. Ushbu qarorni regulyator yuqori inflyatsiya darajasi ortda qolganiga ishonch hosil qilingani bilan izohladi. Bu O‘zbekistonga qarz mablag‘larini pastroq foiz stavkasida jalb qilish imkonini beradi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!