26−29-sentabr kunlari Toshkentda Destination: Tashkent kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir tashkilotchilari — Berlindagi Jahog madaniyati uyi (HKW) va O‘zbekiston Gyote instituti.

Festival dasturidan Toshkentdagi Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi kinolarining Toshkent festivali (1968−1988) tarixiy filmlari, Markaziy Osiyo rejissyorlarining zamonaviy asarlari namoyishi, shuningdek, munozaralar, madaniy tadbirlar va kino jamoatchiligi bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

Festival doirasida 20-sentabr kuni “Ilhom” teatrida Destination: Tashkent arxiv ko‘rgazmasi ochiladi. Ko‘rgazma Toshkent kinofestivalining tarixi haqida hikoya qiladi va 14-oktabrga qadar davom etadi. Tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston Kinofotofoto hujjatlar milliy arxividan olingan fotosuratlar, shuningdek, festival tarixiga oid artefaktlar va arxiv kinomateriallari bilan tanishishi mumkin.

Asosiy tadbirlar Gyote instituti, MOC Hub va Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturi

26-sentabr, Gyote instituti

  • 18:30 — Tantanali ochilish;
  • 19:30 — Film namoyishi va rejissyor Ali Xamrayev va HKW kinoijodiyoti kuratori Can Sungu bilan suhbat.

27-sentabr, MOC Hub

  • 10:30 — Tadqiqotchi Yelena Razgalovaning Toshkent kinofestivali va tarjima amaliyoti haqida ochilish nutqi;
  • 11:15 — Film namoyishi: “Toshkent 58−88” rejissyori Zumrad Mirzaliyeva jonli taqdimot bilan;
  • 12:00 — I panel: Toshkent kinofestivali 1968−1988-yillar kinematografik aloqa zonasi sifatida;
  • 14:30 — II panel: Toshkent va undan tashqarida kino sanoati maydonlari;
  • 16:15 — Markaziy Osiyodan qisqa metrajli filmlar namoyishi: CinemaLove Festival’dan tanlov;
  • 18:30 — Markaziy Osiyodan qisqa metrajli filmlar namoyishi: Nomsiz Festival’dan tanlov.

28-sentabr

  • 10:00 — Tashkent Modernism loyihasi muallifi Aleksandr Fedorov bilan Toshkent bo‘ylab sayohat (“O‘zbekiston” mehmonxonasidan boshlanadi, tarixiy kinofestival bilan bog‘liq joylarga tashrif buyuriladi);
  • 16:00 — MOC Hub’da tarixiy filmlar namoyishi;
  • 18:00 — MOC Hub’da festival mehmonlari uchun palov;
  • 19:30 — “Marvarid” uyi tomida tarixiy film namoyishi;
  • Keyin — “Marvarid” uyi tomida dijey bilan ziyofat.

29-sentabr

  • 11:00 — Gyote instituti bog‘ida ertalabki nonushta va arxiv filmi namoyishi;
  • 14:00 — Ekskursiya: MOC Hub, Kino saroyi va “Ilhom” teatrida arxiv ko‘rgazmasi va teatr;
  • 15:30, 18:00 va 20:30 — MOC Hub va Kino saroyida filmlar namoyishi;
  • 18:30 — Tashkent Film School’da Women Watch Uzbekistan filmi namoyishi.