FIFA 19-sentabr kuni terma jamoalar reytingini yangiladi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1 pog‘onaga yuqorilab, 1403,06 ochko bilan 60-o‘rinda qayd etildi.

Milliy terma jamoa Osiyoda Yaponiya (16-o‘rin, umumiy reytingda 2 pog‘onaga yuqoriladi), Eron (19, +1), Janubiy Koreya (23), Avstraliya (25, -1), Qatar (44, -10), Iroq (55) va Saudiya Arabistondan (56) keyin 8-o‘rinda bormoqda.

O‘zbekiston 18-iyuldan to 19-sentabrgacha 15,65 FIFA ochkolarini jamg‘argan. Bu davrda jamoa Jahon chempionati saralashining 3-bosqichi doirasida KXDRni 1:0, Qirg‘izistonni 2:3 hisobida mag‘lub etdi.

Reytingni Argentina, Fransiya va Ispaniya terma jamoalari boshqarib bormoqda. Kuchli o‘nlikdan, shuningdek, Angliya, Braziliya, Belgiya, Niderlandiya, Portugaliya, Kolumbiya va Italiya joy olgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingidagi eng yuqori natijasi 45-o‘rin bo‘lgan. U bu o‘rinda 2006-yil 22-noyabrdan to 2007-yilning 14-fevralgacha bo‘lgan. Eng past natijasi esa 1996-yil noyabr oyida qayd etilgan — 119-o‘rin.