Yandex Uzbekistan Telegrem kanallarda avtomatik ravishda reklama joylashtirish vositasini sinovdan o‘tkazmoqda. Kanallar egalari reklamadan pul ishlashning oddiy usuli bilan ta’minlanadi.

Reklama rasm yoki video va reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmatning saytiga havola bo‘lgan oddiy post ko‘rinishida bo‘ladi.

Neyrotarmoqlar har bir e’lon uchun mavzu va kontentni hisobga olgan holda kanallarni tanlaydi. Texnologiyalar reklama beruvchilarga maqsadli auditoriyani, kanallarga esa xabarlar orasida organik ko‘rinishga ega bo‘lgan reklamani topishga yordam beradi.

Reklama beruvchilar faqat kliklar uchun pul to‘laydi, shuning uchun yangi vositadan nafaqat brend haqidagi xabardorlikni oshirish, balki savdoni ko‘paytirish uchun ham samarali foydalanish mumkin.

Telegram kanallar reklama ko‘rsatishdan daromad oladi. Yandex Uzbekistan o‘zbek va rus tilidagi kanallar bilan hamkorlik qiladi. Hatto tor soha va auditoriyasi kichik — 2000 obunachidan ko‘proq bo‘lgan kanallar ham reklamadan daromad olishlari mumkin.

Telegram kanal egasi reklama postlari qaysi kunlarda va qaysi vaqtda chiqishini mustaqil ravishda hal qiladi, maxsus bot esa reklamani e’lon qiladi. Bitta kanalda kuniga 3 tagacha reklama postlari chiqishi mumkin.

Hozircha mahsulot yopiq beta-sinov rejimida ishlamoqda. Yandex bilan pul ishlashni boshlash uchun Telegram kanal saytda ro‘yxatdan va tekshiruvdan o‘tishi kerak. Telegram’da reklama kampaniyasini Yandex Ads`da ko‘rsatiladigan joy sifatida Telegram kanallarni tanlash orqali boshlash mumkin.

Reklama huquqlari asosida.