1-sentabr kuni Boysun tumani Kofrun shaharchasida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz koniga qarashli 604-sonli quduqda burg‘ilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi sabab tarkibida vodorod sulfid yuqori bo‘lgan gaz chiqishi boshlangan edi.

Dastlabki berilgan rasmiy axborotda aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgani, vaziyat barqaror ekani aytilgandi. Ammo keyinroq tarmoqlarda tarqalgan videolar, shuningdek, “Gazeta.uz” tahririyatiga bo‘lgan ko‘plab murojaatlardan keyin vaziyat biroz boshqacha ekani taxmin qilindi. Boz ustiga, tarqalayotgan video va xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat va izohlar ham yetarli bo‘lmadi.

Shu bois “Gazeta.uz” jamoasi gaz sizib chiqqandan keyin haqiqiy holat qandayligini o‘rganish maqsadida 14−15-sentabr kunlari Boysunda bo‘lib qaytdi: