Hozirgi kunda O‘zbekistonda BYD avtomobillarining yagona rasmiy distribyutori BYD Central Asia kompaniyasi hisoblanadi va ayni paytda mamlakat bo‘ylab 18 ta avtosalonlar va xizmat ko‘rsatish markazlariga faoliyat yuritmoqda.

BYD O‘zbekiston bozoriga kirib kelgach, o‘zbek va rus tillarida 4G bulut xizmati bilan jihozlangan multimedia tizimini va masofadan turib avtomobilni boshqarish dasturini taqdim etdi. Shu kabi qo‘shimcha imkoniyatlar mahalliy iste’molchilar uchun avtomobil boshqaruvini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Bundan tashqari, rasmiy dilerlar orqali sotiladigan avtomobillar mahalliy bozorga moslashtirilgan. Xususan, ular yuqori quvvatga ega modernizatsiya qilingan konditsioner kompressoriga ega bo‘lib, bu yozning jazirama kunlarida ham optimal sovitish samaradorligini ta’minlaydi. DM-i super-gibrid boshqaruv tizimi ham mahalliy bozordagi yoqilg‘i sifatini hisobga olgan holda sozlanmoqda, bu esa avtomobilning energiya samaradorligini va mahsulot barqarorligini yanada oshirishga yordam beradi. Bu rasmiy dilerlik markazlari tomonidan taklif etilayotgan avtomobillar O‘zbekistonning real sharoitlariga to‘liq moslashganini hamda ularning “norasmiy import” orqali olib kelingan avtomobillar bilan solishtirganda uzoqroq muddat xizmat qilishi va yuqori sifatga ega bo‘lishini ko‘rsatadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, rasmiy dilerlik markazlaridan sotib olingan barcha BYD avtomobillari brendning sanoat standartlariga muvofiq kafolati bilan ta’minlangan (avtomobil uchun 6 yil yoki 150 ming km va batareya, elektr dvigatel va elektron boshqarish moduli uchun 8 yil). Ushbu kafolatni norasmiy importyorlar taqdim qila olmaydi.

O‘zbekistonga “norasmiy import” orqali olib kelinadigan avtomobillar sonining ko‘pligi va ular bilan rasmiy dilerlik markazlari tomonidan taklif etilayotgan avtomobillar orasidagi sezilarli texnik farqlarni hisobga olib, BYD “parallel import”ni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qiladi. Ushbu norasmiy kanallar orqali sotib olingan avtomobillar rasmiy kafolatga ega bo‘lmaydi. Shu sababli BYD`ning rasmiy dilerlari sertifikatlanmagan tarzda olib kelingan avtomobillarga kafolat xizmatini ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, barcha multibrendli dilerlarga rasmiy tartib-qoidalarga rioya qilmasdan olib kelingan avtomobillarni sotmaslik to‘g‘risida qat’iy ko‘rsatmalar berildi, chunki bu transport vositalarining sifati va yaroqliligini xavf ostiga qo‘yadi.

Shu munosabat bilan, kompaniya mijozlarga importchini tanlashga e’tibor berishni va BYD brendini to‘liq qo‘llab-quvvatlashni, shu jumladan, rasmiy kafolat va mahalliy afzalliklarni kafolatlaydigan rasmiy dilerlarni afzal ko‘rishni qat’iy tavsiya qiladi.

BYD brendga bo‘lgan ishonch va keng qamrovli qiziqish uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi.

Reklama huquqlari asosida.