Siyosat

dayjest

Senat O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan xorijliklarga taqiq qo‘yilishi ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston va uning xalqi sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi. Bunday odamlar ro‘yxati yuritiladi. Agar bunday shaxslar O‘zbekiston hududida bo‘lsa, chiqarib yuboriladi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev yangi elchilarni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston, Koreya Respublikasi, Mo‘g‘uliston, Germaniya, Isroil elchilari va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.


dayjest

Soxta trener va lektorlarga qarshi kurashish bo‘yicha qonun tasdiqlandi

Senatorlar aldov orqali pul ishlashga urinayotgan “soxta trenerlar va lektorlar"ga qarshi kurashish maqsadida ma’rifiy faoliyatni tartibga soluvchi qonunni ma’qulladi. Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs ma’rifiy faoliyati uchun jarimaga tortiladi.


Iqtisodiyot

dayjest

“Ochiq budjet” portalida “Mahalla budjeti” bo‘limi ishga tushdi

“Ochiq budjet” portalida “Mahalla budjeti” bo‘limi ishga tushirildi. U orqali mahallalar kesimida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar va ularning sarflanishini kuzatish mumkin.


Jamiyat

dayjest

Portlash, zaharli gaz va badbo‘y is: Boysun qanday yashayapti?

Surxondaryoning Boysun tumanidagi M-25 konida vodorod sulfid yuqori bo‘lgan gaz chiqishi boshlangan edi. “Gazeta.uz” tahririyatiga bo‘lgan ko‘plab murojaatlardan so‘ng sayt jamoasi gaz sizib chiqqandan keyin haqiqiy holat qandayligini o‘rganish maqsadida Boysunda bo‘lib qaytdi. Videoreportaj.


dayjest

Qoraqalpog‘istonda 1-sinf o‘quvchisi onasi va qarindoshlari tomonidan kuch ishlatilib sinfdan olib ketildi

Ellikqal’a tumanidagi maktabda 1-sinf o‘quvchisi onasi tomonidan kuch ishlatib majburan sinfdan olib ketildi. Vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar o‘rtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan.


dayjest

Fuqarolar va sirklar boqadigan yovvoyi hayvonlar reabilitatsiya markazlariga topshiriladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar ixtiyoridagi hamda sirk va shapitolarda saqlanuvchi yovvoyi hayvonlar reabilitatsiya markazlariga topshiriladi.


dayjest

Toshkentda BYD urib ketishi oqibatida 9 yoshli qiz vafot etdi

Sergeli tumanida BYD yo‘ldan o‘tayotgan 2015-yilda tug‘ilgan qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari boshlangan.


dayjest

Senat raisi Boysundagi kon avariyasida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Boysundagi M-25 gaz konida qayta yuz bergan avariya oqibatida halok bo‘lgan 4 nafar fuqaro yuzasidan hamdardlik bildirdi. U vafot etganlarning oilalari prezident nazoratida ekanini qayd etdi.


dayjest

Surxondaryoda “Toza hudud” xizmati aholidan 3,2 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov olgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Surxondaryoda “Toza hudud” chiqindi tashish xizmati tariflarni deklaratsiya qilmay, shuningdek, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun aholidan 3,2 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov olganini aniqladi. Tashkilotga moliyaviy jarima qo‘llandi va pulni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish topshirildi.


dayjest

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi

Skuter va samokatda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Yuk mashinalari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun jarima joriy etilmoqda. YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (21−22-sentabr)

Oltita kinopremyera, Iosis Fest 2024, Cinema Love 2024 kinofestivali, gastronomik festival, o‘ndan ortiq ko‘rgazma, spektakllar, bolalar uchun ijodiy mahorat darslari, bolalar mashg‘ulotlari, chegirmalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Ayrim hududlarda shanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +28…+31 daraja atrofida bo‘ladi.


dayjest

Jizzax viloyatida temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i 4 ming dollar pora bilan ushlandi

Zomindagi Dashtobod stansiyasi boshlig‘i MCHJ vakilidan 10 ming dollar talab qilib, shundan 4 mingini olganda ushlandi. U 100 ta yuk vagonini bojxona ko‘rigidan navbatsiz o‘tkazib berish va temiryo‘l jarimasini qo‘llamaslikka ishontirgan. Stansiya boshlig‘i avval o‘g‘rilikda ayblanib, sudlangan.


dayjest

Qashqadaryoda rashk sabab xotinini yoqib yuborgan erkak 10 yilga qamaldi

Yakkabog‘ tumanida yashovchi 59 yoshli erkak mast holda rashk sabab xotiniga benzib sepib, uni yoqib yubordi. Ayol og‘ir darajadagi kuyish jarohatini oldi, uning hayoti saqlab qolindi. Sud erkakni 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.


dayjest

Psixologik yordam ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi

Senat tomonidan psixologik yordam ko‘rsatish talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilovchi va ushbu sohaga nisbatan boshqa bir qator talablar kirituvchi qonun ma’qullandi.


dayjest

Kameradagi YHQ buzgani videosi 48 soat ichida YHXXga yuborilmagan haydovchilar javobgarlikdan ozod qilinadi

Senatorlar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar 48 soat ichida YHXXga yuborilishi (va organ 15 kun ichida jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilishi) kerak bo‘lgan, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilmaydigan tuzatishlarni ma’qulladi.


dayjest

USAID O‘zbekistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 6,1 mln dollar ajratdi

USAID Rivojlanish maqsadlari bo‘yicha grant shartnomasi doirasida O‘zbekistonga yana 6,1 mln dollar ajratdi. Umumiy summa 47 mln dollardan oshdi. Mablag‘lar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ko‘nikmalarini oshirish, 8−11-sinflarda yoshlarga tadbirkorlik va iqtisodiy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun sarflanadi.


Sport

dayjest

Shaxmat Olimpiadasi: Nodirbek Abdusattorov Serbiya bilan o‘yinda O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi

Shaxmat Olimpiadasining 8-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiyani yutib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Uchrashuvda natija durang bo‘lishi, jamoa medal olish imkoniyatini yo‘qotishi taxmin qilinayotgan paytda Nodirbek Abdusattorov g‘alabani tortib oldi. Endi ular favorit jamoa — Hindiston bilan to‘qnash keladi.


dayjest

Prezident Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi

Prezident sport sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi. Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida yengil atletika va suv sporti kabi yo‘nalishlarda natijalarni yaxshilash, Olimpiya shaharchasida xokkey majmuasi qurish, mahallalarda seleksiya ishlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.


Jahon

dayjest

Isroil Livandagi “Hizbulloh” obyektlariga yalpi zarbalar berdi

Isroil armiyasi Livandagi “Hizbulloh” obyektlariga eng yirik havo hujumlaridan birini amalga oshirdi. BMT Xavfsizlik kengashi vaziyatni muhokama qilish uchun shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi.


dayjest

Qirg‘izistonda “obro‘sizlantirish maqsadida” huquq-tartibot xodimlarini tasvirga olganlik uchun jazolash taklif qilinmoqda

Qirg‘iziston parlamenti a’zolari huquq-tartibot idoralari xodimlarining ishini aks ettiruvchi surat va videolarni “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jarima yoki 7 sutkagacha qamoq ko‘rinishidagi jazo choralarini taklif qilmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!