Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga nomzodlarning 973 nafari tojik, 588 nafari qozoq, 146 nafari turkman, 141 nafari qirg‘iz, 67 nafari rus va boshqa millatlarni tashkil etadi.

Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish hamda saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

yuksalish, реклама

Nomzodlarni ko‘rsatishda siyosiy partiyalar inklyuzivlikka ham alohida e’tibor qaratganini kuzatish mumkin. Jumladan, Qonunchilik palatasi saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar orasida jami 11 nafar va mahalliy kengashlar saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar orasida jami 605 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud. Bunday yuqori darajadagi inklyuzivlik birinchi marotaba kuzatilmoqda.

yuksalish, реклама

Majlisda tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

yuksalish, реклама

Bu yilgi saylovlar aralash tizimda, ya’ni majoritar va proporsional tizim asosida o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, 150 deputatdan 75 nafari bir mandatli saylov okruglaridan saylansa, qolgan 75 nafari siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar asosida saylanadi.

Reklama huquqlari asosida.