20-sentabr kuni Budapeshtda o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasi musobaqaning 9-turi o‘tkazildi. Ushbu turda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindiston bilan durang (2:2) o‘ynadi, qizlar jamoasi ham Serbiya bilan durang qayd etdi.

shaxmat olimpiadasi

Birinchi taxtada Nodirbek Abdusattorov va Gukesh, ikkinchi taxtada Javohir Sindarov va Praggnanandhaa, uchinchi taxtada Shamsiddin Vohidov va Arjun Erigaisi hamda to‘rtinchi taxtada Jahongir Vohidov va Santosh Vidit bellashdi. Barcha o‘yin durang (0,5:0,5) bilan yakunlandi.

AQSh Vengriyani 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etgani sabab umumiy jadvalda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 3-o‘ringa tushdi. Hindiston esa 1-o‘rinda qoldi. Keyingi turda yigitlarimiz Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Hindiston esa AQSh bilan.

shaxmat olimpiadasi

Mamlakat ayollar terma jamoasi Serbiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Afruza Hamdamova va Tealora Inyak, Nilufar Yakubboyeva va Marina Gaychin durang qayd etgan bo‘lsa, Marjona Malikov Tiyana Manduraga imkoniyatni boy berdi, Nodira Nodirjonova esa Yovana Erichni yutdi.

Qizlarimiz umumiy hisobda 27 o‘rinda ketmoqda. Keyingi tur Angliyaga qarshi o‘tkaziladi.

shaxmat olimpiadasi