20-sentabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena”da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston futzal terma jamoasi bir muddat 3:2 hisobida oldinda bordi ham, ammo 32-daqiqada Ixtiyor Ropiyev ikki daqiqa ichida bir necha qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yib, ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.

Shundan so‘ng Kosta-Rika futzalchilari birin-ketin uchta gol urib, nafaqat g‘alabani ilib ketdi, balki guruh 3-o‘rinni egallaganiga qaramay, pley-off yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston futzalchilari musobaqa guruh bosqichi 1-turida Niderlandiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagan, 2-turda esa Paragvayga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

“Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf o‘zbekistonliklar uchun alamli mag‘lubiyat bilan tugagan uchrashuvdan fotoreportaj tayyorladi.